51- hudud. Bu o'ta maxfiy hudud va hatto dunyo xaritasiga ham kiritilmagan… 1

51- hudud. Bu o’ta maxfiy hudud va hatto dunyo xaritasiga ham kiritilmagan…

 

 

Ha, 51- hudud o’ta maxfiy deya tan olingan. Dunyo xaritasiga ham kiritilmagan. Ammo bu yerda qanday hodisalar sodir bo’lishini ko’rsangiz, eshitsangiz, hayratdan yoqa ushlaysiz. Guvohlarning gapiga qaraganda, 51- hududda o’zga sayyoraliklarning jasadlari bor. Bu hududga hech kim yaqinlasha olmaydi. Hudud harbiylar tarafidan qo’riqlanadi. 51- hudud joylashgan joyda aholi yashash punktlari ham yo’q.
Ufologlarning aytishicha, bu yerda maxfiy tadqiqotlar olib boriladi. Lekin yer usti emas, aksincha yer ostida. Bosh korpusning o’zi 14 ta bosqichdan iborat. Shu bosqichlar haqida ham turli afsonalar to’qilgan. Ba’zilarning guvohlik berishiga ko’ra, hududda xuddi o’zga sayyoraliklarnikiga o’xshash uchar likopchalar ishlab chiqarilarmish.
Bu maxfiy baza 1955 yili tog’lar yon bag’rida bunyod etilgan. Baza faoliyatiga na jurnalistlar, na mahalliy aholi vakillari xalal bera oladi. Bazaga yaqin borishning o’zi hayot uchun xavf tug’diradi.

Amerikalik olim Lazar xuddi shu hududda ishlagan ekan. Dunyo ahli bu olimdan ham hudud faoliyatiga oid ko’plab sirlarni eshitishga erishgan. Lazarning aytishicha, uni bu yerga oynalari qoraytirib tashlangan mashinada olib kelishgan. Shuning uchun atrofni kuzatishga imkon topa olmagan. Lazar laboratoriyada faoliyat yuritgan. Laboratoriyaga kirish uchun ham to’qqizta darvozadan o’tilardi. Uning qo’liga yuztaga yaqin materiallar, suratlarga to’la jildlarni tutqazishgan. Jildlarda maxfiy texnologiya haqidagi ma’lumotlar, shu mavzudagi suratlar zohir edi.
Olim laboratoriyada o’zga sayyoraliklarning harakatlanishiga oid tadqiqotlarni olib borgan. Shu yerda o’zga sayyoraliklar gravitatsiya kuchi yordamida harakatlanishiga amin bo’ldi.
Yana bir olim Yuxeus edi. U Amerika uchuvchilari uchun uchar tarelkalarda parvozni ta’minlovchi mashg’ulot uskunalari yaratish bilan shug’ullandi. Yana bir guvoh Xanessi ismli mutaxassis gapiga ko’ra, 51- hududning pastki qavatlariga kirish mumkin edi. Lekin kiruvchi odamning qo’lida magnitli kartochka bo’lishi shart edi. Kirayotganda ko’z suratlari avtomat tarzda olib qolinardi. Amerika razvedka boshqarmasi vakillaridan biri Rouz yana bir hayratlanarli ma’lumotni aytib o’tgandi. Uning aytishiga qaraganda, Amerika hukumati o’zga sayyoraliklar bilan o’zaro kelishuvga erishgan. Bu o’tgan asrning 40- yillarida sodir bo’lgan. Kelishuvga binoan Asmerika tarafi o’zga sayyoraliklar joylashgan manzilni sir tutadi, ular 51- hududda bemalol o’z faoliyatini davom ettiraveradi. Yerdagi ishlarga umuman aralashmaydi.

Baxtga qarshi o’zga sayyoraliklar kelishuvga xiyonat qilishdi. Odamlar ustida turli ilmiy sinovlar olib bora boshlashdi. Amerikaliklar ularga qarshi hech qanday harakat sodir eta olishmadi.
Keyingi paytlarda bu hududni qat’iy sir tutishning imkoni bo’lmayapti. Garchi Amerika prezidentlari 51- hudud sir tutilishi zarurligini qayta-qayta ta’kidlashsa-da, qiziquvchilar soni tobora ortib boryapti.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *