* * *
Poezd kupesiga to’rt bolasi bilan birga ayol kirib o’tirdi. Bolalar to’polon qilishni boshlab yuborishdi. Jahli chiqqan yo’lovchilardan biri ayolga dedi:
— Biror yerga ketayotgan ayol bolalarining hech bo’lmasa yarmisini uyda qoldirib ketishi kerak.
— Men ham xuddi siz aytganday qilganman.
* * *
Olisga qatnaydigan yuk mashinasi haydovchisi yo’l-yo’lakay bir qahvaxonaga kirib tovuq go’shti sotib oldi. Ammo qo’l yuvish uchun chiqqanda, qo’shni stolda o’tirgan uch bezori tovuq go’shtini yeb qo’ydi. Haydovchi hech narsa bo’lmagandek, go’shtning pulini to’ladi-da, chiqib ketdi. Birozdan so’ng bezorilardan biri sotuvchiga dedi:
— Bu yigit juda qo’rqoqqa o’xshaydi. O’zini himoya qila olmasligi aniq. Ko’rinib turibdi.
Sotuvchi:
— Ha, mashina haydashniyam bilmas ekan. Hozirgina yo’l chetida turgan uchta mototsiklni majaqlab o’tib ketdi.
* * *
— Salom do’xtir, men keldim!
— Yechining!.. Yechindingizmi?
— Ha.
— Endi kiyining!
— Nega?
— Hammasi joyida. Eshitish qobiliyatingiz yaxshi ekan.
* * *
Ona o’g’ilchasini uxlashga yotqizyapti:
— Xayrli tun, bolajonim! Hoynahoy hozir tushingga quyonchalar kirayotgandir-a?
— Yo’q, hozircha reklama kiryapti.
* * *
— Bolalar, nega yig’layapsizlar? Qaranglar, men sizlarga judayam mazali tort olib keldim!
— Qorbobojon, bu palatada faqat qand kasali bilan og’riganlar yotishadi.
* * *
— Bolalar, sizlarga nima bo’ldi? Nega qovoqlaringni osiltirib o’tiribsizlar?
— Biz «katta odam-katta odam» o’ynayapmiz.
* * *
Xasis ko’chada o’ziga o’xshagan xasis bir vrachni ko’rib qoldi va bepul maslahat olish niyatida undan so’radi:
— Do’stim, shamollab qolganingda nima qilasan?
— Aksiraman.
* * *
Xotin eriga erkalangan ohangda dedi:
— Kechqurun sizni ketvorgan ayol bilan romantik kecha kutadi.
— Yo’g’-e, safarga ketyapsanmi yana?
* * *
Beshinchi sinf o’quvchisidan muallima so’radi:
— «Sevmoq» so’zining kelasi zamondagi ko’rinishini ayt!
— Yo turmushga chiqmoq, yo ayrilmoq.
* * *
Skeleroz xotinidan so’radi:
— Bugun ertalab «Nihoyat uy kalitini topdim!», deb baqirgandimmi?
— Ha, baqirdingiz uyni ko’chirguday.
— Rostdanam uy kalitini topgandimmi?
— Topgandingiz.
— Ayta olmaysanmi, baqirib bo’lgach, kalitni qaerga qo’ygandim?