2 yoshligida kuniga 40 tadan sigareta chekkan bola

Indoneziyada yashaydigan Ardi Rizal chekishni 18 oylik vaqtidan boshlagan. Ota-onasining so’zlariga qaraganda, u kuniga 40 tadan sigareta chekkan. Ota-onasi bolasining chekishiga oddiy holdek qarashgan va uni doim sigaretalar bilan ta’minlab turishgan.

Bu bola haqidagi video internetga chiqqanidan so’ng butun dunyo nigohi Indoneziyaga qaratildi va hukumat ijtimoiy muhofaza qilish xizmatchilarini bu bolaga yordam berish uchun jo’natadi.

Ardining hayot tarzini o’zgartirish oson kechmaydi, u reabilitatsiya markaziga yotqiziladi. Sigaretani tashlaganidan so’ng u ko’p ovqat yeydigan odat chiqaradi va 8 yoshligida juda semirib ketadi. Ardiga yana shifokorlar yordami kerak bo’ladi, dietologlar unga qat’iy dieta taklif qilishgach, 2 yildan so’ng u to’liq o’ziga keladi. Kuniga 40 tadan sigareta chekkan bola hozirda sog’lom yigit.