Shimoliy Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana Italiya shimolida istiqomat qiluvchi 101 yoshdagi ayolning uch marotaba COVID-19ga chalingani va tuzalgani haqidagi ajabtovur voqeani aytib berdi
«1919 yilda dunyoga kelgan Mariya xonim Ispaniya grippidan omon qolgan va Ikkinchi jahon urushi davrida turmush qurgan. U dunyoda uch marta COVID-19 virusini yenggan noyob inson namunasidir», – deydi gubernator.
U ilk bor bahorda, so’ng sentyabrda virusga chalingan edi. Yaqinda o’tkazilgan rejali tekshiruv mobaynida uning test natijasi yana bir bor ijobiy chiqqan bo’lib, hozirda bemor Sondrio shahridagi kasalxonadan chiqishga tayyorlanmoqda.
Shifokorlarning aytishicha, uchala holatda ham kasallik yengil ko’rinishda o’tgan. Ammo, ayolning yoshi sababli u har safar kasalxonaga yotqizilgan. So’nggi yillarda u qariyalar uyida yashaydi.