Jummi doyining xotini qo’shni ayol bilan sal narsaning ustida janjallashib, uch oylab gaplashmay yurishgan ekan. Buni doyi sezib qolib:
– Xotin, sen kattasan, kechirim so’rasang bo’ladi-ku. Bahonada yarashib olardinglar, – debdi.
Ayoli:
– Ibi, nega men kechirim so’rayman? Oldin uning o’zi kechirim so’rasin, mendan kichik, – debdi.
Shunda Doyi:
– E, xotin, har bir manaman degan hokimlar uzr so’rab turganda, sen kim bo’libsan? – dermish.
Boltaboy Matqurbonov
Izohlarni ko`rish