* * *
Keksa kampir vokzalda bir-biri bilan berilib xayrlashayotgan yigit va qizni uzoq vaqt kuzatib turgach, qizdan so’radi:
— Eringiz uzoq muddatga jo’nab ketyaptimi deyman?
— Uzoq muddatga… Faqat… Jo’nab ketayotgani yo’q… Keldi.
* * *
— Oshna, balki qizlar bilan tanishib… Aysh qilarmiz-a?
— Yo’q, xotinim harbiy, quroli bor. Qo’rqaman!
— Nima qipti?
— Uy tepasiga yozib qo’ygan: «Bir qadam qaltis yo’l yurganingni ko’rsam, otaman»
* * *
To’qsonga kirgan qariya o’zi tengi qo’shnisiga dedi:
— Pensiyalarimiz osharmish. Eshitdingizmi?
— Yo’q.
— O’, bir million so’m bo’larmish.
— Maza qilarkanmiz-da! Qachondan osharkan?
— 2050 yil yanvaridan.
* * *
— Kecha xotinimni rosa kuldirdim. Har kulganda, «Dadasi, kuldiravermang, aks holda tipratikon tug’ib qo’yaman» deyaverdi.
— Keyin-chi?
— Hammasi yaxshi… Aytgancha, tipratikonni nima bilan boqish kerak? Bilmaysanmi?
* * *
— Do’stim, sen xotiningga ishonasanmi?
— Ishonaman albatta. Chunki ikki yildan beri birga yashaymiz. Hozircha uyda hech narsa yo’qolgani yo’q.
* * *
Aytishadiki, turmush qurgach, yetti yil o’tib oilaviy munosabatlarda yuzaga kelgan muammolar yo’qolarmish. Qayoqda?.. Issiq-sovuqning muddati tugaydi.
* * *
Kampir dugonasiga dedi:
— Men uyimga o’g’rilar kirmasligi uchun chiqib ketayotib radioni baland qilib qo’yib ketaman.
— Men bo’lsam, eshik tepasiga xat qoldiraman: «Otasi, uydagi ilonlar qafasidan chiqib ketishibdi. Yig’ib oling!»
* * *
Katta ko’chada sudralib ketayotgan qurtdan tipratikon so’radi:
— Nima qilib yuribsan? Uying yo’qmi nima balo?
— Bor edi. Bosh olib ketdim.
* * *
Bir kavkazlik eshakda ketayotgandi. Tepasidan samolyot o’tib qoldi. U boshini ko’tarib samolyotni tomosha qila boshladi. Samolyot qancha balandlasa, boshini shuncha baland ko’taraverdi. Oxiri eshakdan yiqilib o’ldi. Dafn marosimiga kelgan mehmonlar so’rashdi:
— Nimadan o’libdi?
— Aviahalokatdan, oshna, aviahalokatdan!
* * *
— «Zaparojes»ning tezligini soatiga 140 km ga chiqarish mumkinmi?
— Albatta, tog’ cho’qqisidan g’ildiratib yuboring, chiqadi-qo’yadi!
Olimjon HAYIT