***
Ikki tanish uchrashib qolib zavjalari haqida gaplashishayapti:
— Xotinim o’zining eski yubkasidan menga bo’yinbog’ tikib berdi.
— Meniki bo’lsa, eski bo’yinbog’imni qaerdandir topib olib, o’ziga yubka tikib olibdi.
***
Er:
— Bu qanaqa ovqat o’zi? Ichida go’sht umuman ko’rinmaydi-ku!
Xotin:
— Men bu ovqatni buvingiz rahmatlining taomnoma kitobi asosida tayyorlaganman.
Er:
— O’sha kitobda nima deb yozilgan ekan?
Xotin:
— “O’n tiyinga go’sht oling!”, deb yozilgan ekan.
***
Er xotiniga dedi:
— Xuddi ahmoqlarga o’xshab gapirasan-a!
— Men sizga tushunadigan qilib gapirayapman.
***
Er xotini bilan janjallashib qoldi-yu, kutilmaganda kiyimlarini yig’ishtirib dedi:
— Men ketayapman! Sen bilan yashagandan ko’ra, ko’chalarda o’lib ketganim yaxshi.
Oradan hech qancha o’tmay u uyga qaytib keldi-da, dedi:
— Omading bor ekan! Tashqarida jala quyyapti.
***
— Xotining bilan yana urishdingmi?
— Shunaqa xotin bilan urishmay bo’larkanmi? Qachon qarasa, gapimning teskarisini gapiraveradi.
— Qanaqasiga?
— Masalan, kechqurun uyga kelib: “Xayrli kech!” desam, u menga qovog’ini uyib qaraydi-da: “Xayrli tong!” deydi.
***
Erkakning eski tanishi mehmonga keldi. Uy egasi xotiniga yuzlanib dedi:
— Oyim, quyoshim! Iltimos, choy olib kelgin!
Birozdan so’ng:
— O’zimning quyoncham, ovqatni suzgin!
Shunda mehmon dedi:
— Qara, xotining bilan ko’p yillardan beri birga yashaysan-u, haliyam quyoshim, oyim, quyoncham deb erkalaysan-a! Sevgi bo’lsa shunchalik bo’lar-da!
— Qanaqa sevgi? Bundan besh yil oldin uning ismini unutib qo’yganman.
***
Muxbir o’tkinchidan so’radi:
— Ayting-chi, siz ayol va erkak orasida tenglik mavjud bo’lishiga qarshi emasmisiz?
— Men-ku, qarshi emasman! Ammo xotinimdan ham so’rab ko’ring-chi! U bunga yo’l qo’yarmikan-yo’qmikan?
***
— Dadasi, gazetada yozishlaricha, beva ayollar yaxshi uy bekasi bo’lisharmish!
— Nima, endi sen yaxshi uy bekasi bo’lishing uchun o’zimni osaymi?
***
Eri yangi palto olib bermagan xotin dedi:
— O’lib qolaman. Ana unda sizga o’limim paltodan o’n barobar qimmatga tushadi!
— To’g’ri. Lekin men bir marta xarajat qilaman. Keyin ortiqcha sarflar hech qachon bo’lmaydi.
Juda kulguli