KUN KULGISI…

* * *

Infarktga uchragan bemor davolovchi vrachdan so’radi:

— Do’xtir, sigaret cheksam maylimi?

— Agar, bu sizning so’nggi istagingiz bo’lsa, mayli!

* * *

Erkak vrachga qo’ng’iroq qilayapti:

— Do’xtir, bir iltimosim bor. Mabodo bizning uy oldidan shu kunlarda o’tib qolsangiz, uyga kirib o’ting! Lekin atayin kelish shart emas.

— Nima bo’ldi o’zi?

— Xotinimning jag’i tushib qoldi. Gapira olmayapti.

* * *

Xaridor:

— «Saralangan tuxum» deb yozib qo’yibsiz. Qaerda saralagansiz?

— Tovuqxonada, albatta.

— Tovuqlar qarshilik ko’rsatishmadimi?

— Qarshilik qilgan tovuqlar qo’shni bo’limda sotilayapti.

* * *

— Nega qovog’ingni osiltirib olibsan? Biror gap bo’ldimi?

— Kecha dollar sotib olgandim, pulim qolmadi.

* * *

Erkak vrachga dedi:

— Xotinimning qulog’i kar bo’lib qoldi.

— Uni mening huzurimga olib keling. Men dori yozib beraman, ichsa ikki-uch kunda tuzalib ketadi.

— Buning iloji yo’q. Chunki, yo’ldan o’tayotganda mashina signal bersa eshitmaydi. Halokatga uchrasa, men nima qilaman keyin.

— Unda sizga maslahat. Oldin o’n qadam nari borib baqiring, eshitmasa, to’qqiz, yana eshitmasa, sakkiz… Xullas, necha qadamdan eshitsa, o’sha raqamni qog’ozga yozib keling, shunga qarab davolash usulini belgilaymiz.

Er uyga kelgach, o’n qadam nari bordi-da, bor ovozda baqirdi.

— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding?

Jimlik.

Er to’qqiz qadam nari borib baqirdi:

— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding?

Yana jimlik.

Shu ko’yi baqira-baqira oxiri bir qadam naridan turib so’nggi marotaba baqirdi:

— Xotin, kechqurunga nima ovqat qilding deb so’rayapman?!

— Voy, men sizga o’ninchi marta aytayapman, kechqurunga palov bo’ladi, palov!

* * *

Maktabdagi e’londan:

«Bundan buyon maktabimizda odatiy qo’ng’iroq o’rniga yoqimli musiqa chalinishi mumkin. Agar o’zingizga yoqqan musiqani tanaffus oldidan tinglashni istasangiz, o’qituvchilar xonasiga besh dollardan olib kiring!»

* * *

— Vey, menga qarang, otingiz asfaltni iflos qildi-ku! Qarang, o’zidan qancha go’ng qoldirib ketdi!

— Ie, bu nima deganingiz? Ot bo’lgandan keyin go’ng qoldirmay, qizil ikra qoldirsinmi?

* * *

Imtihonga kirgan talabadan professor so’radi:

— Yuzingiz juda tanishga o’xshayapti. Ilgari uchrashmaganmidik?

— Ha, o’tgan yili sizga imtihon topshirgandim. Lekin o’tolmaganman.

— Shunaqami? O’ylaymanki, bu safar hammasi yaxshi bo’ladi. Xo’sh, o’shanda, ya’ni, o’tgan yili men sizdan birinchi savol sifatida nimani so’ragandim?

— Siz: «Ilgari uchrashmaganmidik?» deb so’ragansiz.

* * *

Ikki jinni film tomosha qilib o’tirishardi. Biri ikkinchisiga dedi:

— Ming so’mdan garov o’ynaymizmi, yigit, albatta, ko’prikdan o’zini suvga tashlaydi!

— Tashlamaydi.

Garov o’ynashdi.

Yigit haqiqatan ko’prikdan o’zini suvga tashladi. Yutqazgan jinni sekin cho’ntagidan ming so’m chiqarib sherigiga uzatdi.

— Kerakmas, — dedi ikkinchi jinni, — bu filmni ilgariyam ko’rganman.

— Men ham ko’rganman. Lekin ikkinchi marta ham o’zini suvga tashlaydi deb o’ylamagandim.

* * *

— Azizim, menga iliqroq bir so’z aytsangiz-chi!

— E, sen-chi… Olovda kuyib ketgin! Ana!