Kunni kulgi bilan boshlang!

Ikkita xirurg uchrashib qolib, biri ikkinchisiga debdi:
— Nega siz bemorlarni chala davolab ruxsat beryapsiz?
— Ie, eshitmadingizmi? Ishim endi yarim stavka-ku!

***

Muallim o’quvchilarni ogohlantiryapti.
— Bolalar, hech qachon jonivorlarni o’pmang! Bu turli kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin. Eshmat shunga misol keltir!
— Xolam, qachon qarasa to’tiqushini o’pib erkalardi.
— Keyin nima bo’ldi?
— To’tiqush aqldan ozdi.

***

Jarroh operatsiya tugagandan so’ng bemorga dedi:
— Kechirasiz, ichingizda qaychi qolib ketibdi. Sizni boshqattan operatsiya qilmasak bo’lmaydi.
— Mayli do’xtir. Faqat operatsiyadan keyin qornimga tugma qadab qo’ying! Yana biror narsa qolib ketsa, badanimni kesib o’tirmaysiz.

***

— Menga qara, og’ayni, marsliklarni o’ldirganlik uchun qamashadimi?
— Ha, lekin jinnixonaga!

***

— Ishga borgim hech kelmayapti-da…
— “Forbs” jurnalida ism-sharifing bormi?
— Yo’q …
— Hoziroq turgin-da, ishingga jo’na!

***

Qimmat restoranga kirgan xo’randa yoniga ofitsiant kelib so’rabdi:
— Nima buyurtma berasiz?
Xo’randa ofitsiant uzatgan menyuni sekin yopib:
— Siz menga nima tavsiya qilasiz? – desa, ofitsiant past ovozda pichirlab:
— Fursat borida bu yerdan qochib qolishni tavsiya qilaman, – degan ekan.