Haqiqiy hangomaning bundan battari bo'lmaydi…

 

* * *

Bolakay do’stidan so’radi:

— Menga qara, odamlar qanday olamdan o’tadi?

— Bilasanmi… Adashmasam, ularni laylak qaytarib olib ketadi.

* * *

Muallima o’quvchilardan so’radi:

— Elektr toki qaerdan kelishini bilasizlarmi?

Toshmat:

— Ha, bilaman.

— Xo’sh, qaerdan keladi?

Toshmat:

— Hayvonot bog’idan.

— Nega?

Toshmat:

— O’tgan kuni otam soqol olayotgandi, chiroq o’chib qoldi. Shunda otam: «Uf-f, maymunlar tag’in chiroqni o’chirib qo’yishdi», deb baqirdi.

* * *

— Azizim, nega bo’sa olayotganingizda qo’llarimni quloqlaringizga bosib olayapsiz?

— Chunki sizdan avvalgi sevgilimdan bo’sa olib bo’lib qarasam, cho’ntagimdagi pullar g’oyib bo’libdi.

* * *

Bojxonada.

— Jomadonni oching!

— Mening jomadonim yo’q-ku!

— Buning ahamiyati yo’q. Qonun hamma uchun barobar.

* * *

Starshina loyga qorishib yotgan kallani ko’rib, navbatchi askardan so’radi:

— Bu nima?

— Kalla.

— Kallaligini bildim. Nega uning sochi olinmabdi?..

* * *

Bezorining aytgani:

— Singan tishlarni singan qo’l bilan yig’ish juda qiyin bo’larkan…

* * *

Chukcha do’kondan deraza romini sotib olgach, sotuvchidan so’radi:

— Bu rom janubga olib chiqadimi?

* * *

Supermarketda go’zal bir ayolga notanish erkak yaqin kelib dedi:

— Iltimos, siz bilan besh daqiqa birga tursam!

— Nega?

— Xotinimni yo’qotib qo’ydim.

— Nima bo’pti?

— Agar begona ayol bilan meni ko’rsa, yerning ostidan bo’lsayam chiqib keladi!

* * *

Sudya guvohdan so’radi:

— Agar yolg’on ko’rsatma bersangiz, sizni nimalar kutayotganini bilasizmi?

— Ha, bir xonali kvartira va besh ming dollar pul!

* * *

O’sh go’dak katta ko’chada turib yig’layapti. O’tkinchilar undan so’rashdi:

— Yo’qolib qoldingmi?

— Ha.

— Uy manzilingni bilasanmi?

— Bilaman. www. bolakay. ru

Olimjon HAYIT tayyorladi

Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!

t. me/olimjonhayit