* * *
Restoranga er-xotin kirib kelishdi.
Ofitsiant erkakdan so’radi:
— Xotiningiz odatda nima ichadi?
— Mening qonimni ichadi.
* * *
— Dugonajon, biram yaxshi kiyinasanki… Ering qancha oladi o’zi?
— Oxirgi marta besh yil olgandi.
* * *
Gadoy katta ko’chada turib olgancha tilanyapti:
— Kambag’al bir soqovga sadaqa qilingla-ar!
* * *
— Azizam, xohlaysanmi, shu kecha senga hov anavi yulduzni olib beraman?
— Yo’q, dadasi, bu kecha uyda tunaysiz.
* * *
— Og’ayni, mendan «Ishlaring qalay?», deb so’rasang-chi!
— Xo’sh, ishlaring qalay?
— E-e-e!.. So’rama!..
* * *
— Do’xtir, men kechalari shu qadar qattiq xurrak otyapmanki, hatto o’zimning xurragimdan o’zim uyg’onib ketyapman. Nima qilay?
— Boshqa xonaga o’tib uxlang!
* * *
— Do’xtir, yozib bergan dorilaringiz menga foyda bermadi.
— Siz qutichasida ko’rsatilganidek undan foydalandingizmi?
— Ha, u yerda «Quruq va qorong’i xonada asrang!» deb yozib qo’yilgan ekan.
* * *
— Do’xtir, xotiramni yo’qotib qo’ydim.
— Qachon?
— O’n sakkizinchi mart, soat to’qqizdan besh daqiqa o’tganda.
* * *
Bir yigit boshliqning kotibasiga dedi:
— Men boshlig’ingiz bilan gaplashmoqchiydim. Uning oldiga kirsam bo’ladimi?
— U hozir yo’q. Bir joyga ish bilan ketgan.
— Ie, hozirgina uni oynadan ko’rdim-ku!
— Uyam sizni ko’rgan ekan.
* * *
Xizmatchi boshliqqa dedi:
— Men sizning tashkilotingizda yarim stavkada ishlayman. Shuning uchun siz ham menga yarim ovozda baqirishingizni talab qilaman!
* * *
— Eshitdingmi Toshmatga nima bo’lganini?
— Nima bo’ldi?
— Kechasi ketayotsa, orqadan kimlardir kelib boshiga bolta bilan uribdi.
— Xo’sh, keyin-chi?
— Nima keyin? Toshmat o’libdi.
— Yo’g’-e!
— Ha, boltaga zahar surtilgan ekan.
Olimjon HAYIT tayyorladi