Shaxsan men bu teoriyaga umuman ishonmayman. Ammo olimlar go’daklarning tili chiqqandanoq allaqachonlar o’lib ketgan odamning hayotini ipidan ignasigacha gapirib berishi, ota-onasi va yaqinlariga aslida o’sha odam o’zi ekanini ayta boshlashidan kelib chiqib, ruhning bir tanadan ikkinchi tanaga ko’chishi haqiqat deb hisoblashadi.
Ularning ta’kidlashicha, aksar hollarda o’g’il bolalar o’zining o’tgan hayoti haqida gapira boshlashadi. Ularning ko’pchiligi oldingi hayotda 30 yoshga kirib kirmay o’ldirib yuborilganini aytadi. Ayrimlari esa rostdan ham keksalik yoshigacha yashaganini, o’z ajali bilan o’lganini ta’kidlaydi.
Bir odamning o’lishi va yangi tanaga ko’chish holati o’rtasida 16-20 oy masofa bo’larkan.
Baxtga qarshi bu bolalar 6 yoshga yetgach, o’tmishdagi hayotini unutishadi. Yangi emotsiya, taassurotlar, dunyoqarash ularning miyasini tamoman o’zgartirib yuboradi.
Shanai Shumavaylrng
Bu bola Taylanda tug’ilgan va 3 yoshidayoq ota-onasiga aslida u muallim ekani, ismi-sharifi Bua Kay ekanini aytadigan bo’ldi. Shanaining aytishicha, Bua maktabda o’quvchilarga dars berayotganda, noma’lum kimsalar orqadan kelib otib ketishgan ekan.
Ajablanarlisi, u ota-onasidan Bua yashagan qishloqqa olib borishlarini so’rayverib ularni xit qildi. Oxiri rozi bo’lishdi. Qishloq nomini ham Shanaining o’zi aytdi. Avtobusdan tushishgach, ota-onasini qo’lidan yetaklagancha to’ppa-to’g’ri Bua yashagan uyni topib bordi. Qishloq odamlarini ham tanidi, hatto, ismlarigacha aytib bera oldi.
Bundan ham dahshatlisi, Buaning ota-onasini uni ko’rib, og’zidan o’g’li haqidagi haqiqatlarni eshitgach, hayratdan yoqa ushladi.
Bundan ham hayratlanarlisi shunda ediki, Shanaining tanasidagi Buani otishganda o’q kirib chiqib ketgan joy tug’ma hol tusiga kirgandi.
Kendra Karter
Amerikalik 4 yashar qizaloq Kendra Karter ham tili chiqqandan bir haqiqatni hammaga gapirib bera boshladi. Bundan oldin o’zi suzishga qatnaydigan basseyn muallimasi uning onasi ekanini aytdi. Muallima bilan tez orada yaqin do’stlardek bo’lib qoldi. Hatto, unikida tunab qoladigan ham bo’ldi. Keyin aytdi. Qizaloqning hikoya qilishicha, muallimasi homilador bo’lgan-u, baxtsiz tasodif tufayli bolasi tushib qolgan ekan. Kendra esa o’sha dunyo yuzini ko’rmagan chaqaloq ekan. Gapiga shubha qilmasliklari uchun muallima homiladorlik paytida boshidan o’tgan voqealarni oqizmay-tomizmay gapirib berdi. Bu hikoyani eshitgan muallimaning o’zi ham qotib qolgandi. Shu darajada shokka tushdiki, Kendraning ota-onasi bilan janjallashib ham qoldi. Qizaloqni suzish mashqlariga yubormasliklarini talab qildi. Ular rozi bo’lishdi. Biroq Kendra to’rt yarim yoshga yetganda depressiya holatini boshdan kechira boshladi. Shunda ota-onasi yana o’sha muallimaga uchrashib, qaytadan suzish mashqlariga qatnashga izn berishini so’rashdi. Muallima rozi bo’ldi. Lekin qizaloq u bilan masofa saqlagan holda yurishi lozimligini ta’kidladi. Bu muallimaning so’nggi va yagona sharti edi.
turkey-sea. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi