* * *

Ayol dugonasiga hasrat qilyapti:

— Dugon, ishonasanmi, birdaniga ikki erkak bilan uchrashyapman. Ammo qay birini tanlashni bilmay boshim qotdi.

— Qalbing nima deyapti?

— Qalbimmi?.. Qalbim: «Tez bu hunaringni yig’ishtir, ering bilib qolsa kallangni oladi», deyapti.

* * *

Erkak do’stiga dedi:

— Bugun umuman uyquga to’ymadim.

— Sabab?

— Sabab ham umuman uyquga to’ygani yo’q.

* * *

Qiz yigitga qo’ng’iroq qilib dedi:

— Menikiga kelib kompyuterimga yangi vindovs o’rnatib bering!

— Ie, kompyuterni bugun sotib olding-ku, jinnivoy! Vindovsing yangi! Ming yilga yetadi hali!

— Qanaqangi ovsarsiz? Ishoraniyam tushunmaysizmi?

— Ha-a, o’zing mustaqil vindovsingni o’rnata olmaysan-u, men ovsarmanmi?

* * *

Vrach:

— Bemor, qani, tizzalaringizni buking-chi!

Bemor:

— Qay tarafga qarab bukay?

* * *

Xotin eriga dedi:

— Esingizdami, ikkalamiz tanishgan kunimiz kechasi momoqaldiroq gumbirlab, chaqmoq chaqib, hammayoq yop-yorug’ bo’lib ketgan. Ketidan sharillab sel quyib, bo’ron turgandi?!.

— Ha-a, esimda… Men ahmoq o’shanda ona tabiat jiddiy ogohlantirayotganini payqamabman.

* * *

Yoshi 90 dan o’tgan qariya yorug’ dunyo bilan vidolashish arafasida. 85 yoshli kampiri so’radi:

— Otasi, bir umr ikkalamiz birgalikda mashina sotib olamiz deb yiqqan pullarni nima qilay?

— O’sha pullarni nabiralarga bo’lib ber, shokolad olib yeyishar!

* * *

Xotini uyga kech kelgani uchun urishavergach, er unga qarab baqirdi:

— Jim bo’l! Menga baqirma! Uxla!

— Uxlayman, lekin jim bo’lmayman!

* * *

Militsiya xodimi uyini o’g’ri urgan ayoldan so’radi:

— Uyingizni o’g’rilar ag’dar-to’ntar qilib tashlagan bo’lsa, nega kech xabar berdingiz?

— Men oldiniga erim toza ko’ylak qidirganmikan deb o’ylabman.

* * *

— Yemaydi, ichmaydi, lekin o’sishdan to’xtamaydi. Bu nima?

— Narx-navo.

* * *

— Oshna, mana shu filni bir milyonga sotib oling!

— Bu nima deganingiz? Men bor yo’g’i ikki xonali kvartirada yashasam, shunday katta filga joyni qaerdan topaman? Nima berib boqaman? Yo’q…

— Bo’pti, o’sha pulga ikkita fil beraman.

— Bu boshqa gap.

* * *

Mijoz rassomning bir asarini sotib olmoqchi bo’ldi. Xursand bo’lgan rassom unga dedi:

— Didingiz ajoyib ekan. Men bu rasm uchun o’n yil umrimni sarflaganman.

— Nahotki, bittagina shu rasmni o’n yil davomida chizgan bo’lsangiz?

— Yo’q, rasmni aslida bir kunda chizib bo’lganman. Qolgan vaqtni uni sotishga sarflaganman.