* * *
Mexanik chilangardan so’radi:
— Nega ertalabdan kechgacha benzin quyilgan idish tepasida o’tirganing o’tirgan?
— Chekishni tashlamoqchiman.
* * *
Bir kuni kar-soqov chukcha o’rmonda adashib qoldi. Bir yerda turgancha qo’llari bilan qandaydir ishoralar qila boshladi. Bu «Men adashib qoldim!» degan ma’noni anglatardi. Bir mahal boshqa bir kar-soqov chukcha kelib qoldi va u ham qo’llari bilan qandaydir ishoralar qila ketdi. Bu ishora «Nega o’rmonni boshingga ko’tarib baqiryapsan?» degani edi.
* * *
Chukcha qayiqda suzib ketardi. Qarshisiga boshqa bir yigit suzib kelib so’radi:
— Chukcha, baqirgan odamni ko’rmadingmi?
— Yo’q.
— Ko’rsang, meni chaqirgin!
— Bo’pti.
Chukcha suzishda davom etdi. Bir payt qarasa, bir yigit cho’kyapti. Oldiga keldi-da, shivirladi:
— Hoy, yigit, yashirin! Seni qidirishyapti!
* * *
Revolyutsionerlar muzeyida Chapayevning skeletini namoyish etishardi. Tashrif buyurganlardan biri so’radi:
— Chapayevning yonidagi kichkinagina skelet kimniki?
— Bu Chapayevning bolaligi.
* * *
Sirk direktori huzuriga it yetaklagan yigit kirib kelib dedi:
— Men sizga zo’r nomer ko’rsataman! Itimni skripka chalishga o’rgatdim. Hozir u mashhur sonatalarniyam ijro qila olyapti.
— Aqldan ozganmisiz? Odamlar bu yerga skripka tinglashgamas, sirk ko’rishga kelishadi.
* * *
Sirk direktori kabinetida telefon jiringlab qoldi.
— Allo! Men bir metrlik temirni yutib yubora olaman!
— Bu eski usul. Sizga o’xshaganlar ko’p.
— Bilaman. Lekin mening bo’yim bor yo’g’i oltmish santimetr xolos.
* * *
— Hozir nima ish bilan bandsan?
— Sirkda tomosha ko’rsatyapman. Tomoshamning nomi «Vahshiy sher bilan yakkama-yakka» deb ataladi.
— Qo’rqmaysanmi?
— Nega qo’rqarkanman? O’sha sher o’zim-ku!
* * *
Bankir bir kuni Mark Tvendan so’radi:
— Miyangiz g’ij-g’ij aql bo’lsa, nega kambag’alsiz?
— Tabiat tenglikni yoqtiradi-da! Siz bilan solishtirganda, biz baravarmiz.
* * *
Rassom tanishiga dedi:
— Bugun oxirgisini sotdim.
— Peyzajingnimi, portretingnimi?
— Yo’q, ko’ylagimning oxirgisini deyapman.
* * *
Mark Tven qaysidir gazetada muharrir edi. Kabinetiga qurollangan bosqinchi kirib kelib baqirdi:
— Qo’lingni ko’tar! Yo pulni berasan, yo o’lasan!
— Xayriyat-ey, yana kimdir she’r ko’tarib kelibdimi debman!
loading…