XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

QAROQChILAR HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Dengiz qaroqchilari odamzod dengizda harakatlana boshlagandayoq paydo bo’lgan.

2. Kemani qo’lga olish uchun qaroqchilar o’z kemasida katta tezlikda borib o’lja kemasiga urilgan.

3. Vasko da Gama ismli kashfiyotchi dengizchi o’z davrida hind va arablar kemalarini o’ta shafqatsiz usullar yordamida qo’lga olgan.

4. Qadimda ko’pchilik qaroqchilikni tirikchilik manbaiga aylantirgan. Aniqrog’i, kasbga aylantirgan. Ular tinch aholi vakillarini qo’lga olib keyinchalik qul bozorda sotgan.

5. Qaroqchilar hamma davrlar va hududlarda bo’lgan. Masalan, berberlar bir necha asr Yevropani qo’lida tutib tura olgan. Hatto, Amerikaga ham hujum qilib ko’rgan. Lekin amerikaliklar qattiq qarshilik ko’rsatishgan. Berberlar ularni o’ziga bo’ysundira olmagan.

6. Ko’pchilik qaroqchilar ismi o’rnida laqabdan foydalangan. Bu qaroqchiga sud ta’qibidan qochishda yordam bergan.

7. Ba’zi qaroqchilar qaroqchilikni tashlab qirolliklar xizmatiga ham o’tib ketgan. Masalan, qaroqchi Frensis Dreyk Angliya vitse-admiraliga aylangan.

8. U qirolichaning buyrug’iga ko’ra ispanlardan ortiqcha deb topilgan kemalarni, oltin va kumushlarni tortib olgan. Janglarning birida Angliya uchun ikki yilga yetadigan pul keltirib qirolichaning yuksak mukofotiga sazovor bo’lgan. Yelizaveta uni rыsarlik unvoni bilan siylagan.

9. 3500 yil oldin Yaqin Sharqda tevkrlar deb nomlangan dengiz qaroqchilari mashhur bo’lgan. Ular soni shu qadar ko’p, o’zlari shu qadar kuchli va uddaburon, mohir ediki, katta-katta davlatlarga jiddiy xavf sola bilgan. Ammo kunlarning birida Gretsiyadagi bir nechta shaharlar birlashib, qaroqchilarni yo’q qilgan.

10. Xalqlar orasida shunday afsona yuradi. Qadimda qaroqchilar bir ko’zini qora niqob bilan berkitgan holda yurarkan. Bu uning kuchliligidan darak berarkan. Aslida unday emasdi. Qaroqchilar ko’zi og’risa, yoki ko’zi oqib tushgan bo’lsa birov ko’rmasligi uchungina qora mato tang’ib yurgan.

11. Ba’zi davlatlar o’z davrida qaroqchilarga patent hadya qilgan. Demak, ular qonuniy qaroqchilar sifatida tan olingan. Patent evaziga ular dengizda o’zga davlatlar kemalarini qo’lga olib bor boyligini patent bergan davlat hukmdoriga topshirgan.

12. Qaroqchilar odam oyog’i yetmas orollarga tez-tez quyonlar, echkilarni qo’yib yuborgan. Bu ishni kimlarningdir kemasi halokatga uchrasa-yu, shu orolda ma’lum vaqt yashashiga to’g’ri kelsa, ochdan o’lmasligi uchun amalga oshirishgan.

13. Savdogarlarning kemalari odatda qaroqchilarga jangsiz taslim bo’lgan. Qaroqchilarning shafqatidan umid qilishgan. Ba’zan bu ish haqiqatan savdogarlarga foyda bergan.

14. Qachonlardir «Qora soqol» laqabli qaroqchi Edvard Tich savdogarlarning kemasiga yaqin borib ham o’tirmagan. Chunki uning qanchalar qudratga ega ekanini, shafqatsiz va qonxo’rligini dunyo bilgan. Savdogarlar uzoqdan uning qora bayrog’ini ko’rgandayoq o’zlari o’sha yerga oq bayroq ko’targan holda borib taslim bo’lgan.

15. Qaroqchilar qo’l ostidagilarga dengizda spirtli ichimlik ichishga ruxsat bermagan. Agar kimningdir ichkilik ichayotganini ko’rishsa, tiriklay dengizga cho’ktirib yuborishgan.

16. Afrikaning Somali davlatida 2014-2015 yillar qaroqchilik gullab-yashnagan. Odamlar qaroqchilarga pul to’lab turgan. Hozir Gvineya bo’g’ozi atrofida harakatlanuvchi qaroqchilar dunyoda eng xavfli hisoblanadi.

17. Bartolomyu Roberts ismli qaroqchi uch yil ichida 400 tadan ortiq kemani qo’lga kirita olgan.

18. Bizning davrda kema ustiga qaroqchilar bayrog’ini ilish og’ir jinoyat hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…