XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

VULQONLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Dunyodagi eng xavfli vulqon Meksika poytaxtidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Popokatepetl vulqoni hisoblanadi.

2. Avstraliya hududida bironta ham vulqon yo’q.

3. Ko’plab orollar vulqonlar uyg’onishi natijasida paydo bo’lgan. Bunga Grenadani misol sifatida keltirish mumkin.

4. Vulqon yaqinidagi yer maydonlari boshqalariga nisbatan ming hissa hosildorroq bo’ladi.

5. Vulqon uyg’onganda, undan otilib chiqqan qaynoq lavaning tezligi soatiga 70-90 kilometrgacha yetadi.

6. Islandiya yaqinida joylashgan Suritsey oroli dunyodagi eng yosh orol sanaladi. U 1963 yili yerosti vulqoni uyg’onishi natijasida paydo bo’lgan.

7. XX asr boshida Martinika orolidagi Mon-Pele vulqoni uyg’onib oroldagi tirik jon borki, halok etgan. Bu 30 000 kishi o’lim topdi deganidir.

8. Yer yuzida 1, 5 mingga yaqin harakatdagi vulqon bor.

9. Bundan 75 ming yil avval supervulqon uyg’onib yerni quyoshdan to’sib qo’ygan. Oqibatda uzoq yillar muzlik davri hukm surgan. Vulqon ta’sirida yerga yomg’ir o’rniga tez-tez oltingugurt kislotasi yog’ib turgan.

10. 1980 yili uyg’ongan Sen-Xelens vulqonining kuchi besh yuzta atom bombasi kuchiga teng bo’lgan.

11. Islandiyada vulqon ajratadigan energiyadan maxsus geotermal elektr stansiyalarini ishlatishda foydalanishadi.

12. Mashhur Vezuviy vulqoni so’nggi bor 1944 yili uyg’ongan.

13. Yer yuzida vulqonlar yer ostidagiga nisbatan juda kamchilikni tashkil etadi.

14. Indoneziyadagi Tambora vulqoni 19- asr boshida uyg’ongan. Buning natijasida sayyoramizdagi havo harorati bir necha darajaga tushib ketgan. Bu holat roppa-rosa 1 yil davom etgan.

15. Stratovulqon juda katta qudratga ega. U otgan gaz va kul stratosferagacha yetadi.

16. 1991 yili Pinatubo vulqoni uyg’onib atmosferaga 5 kub kilometrli turli matohlarni otgan. Kul va gaz 35 kilometr yuqoriga qadar ko’tarilgan.

17. Gavay orollaridagi Kilauea vulqoni 1983 yildan beri harakatdan to’xtamagan.

18. Agar juda katta kuchga ega vulqon shunday qudrat ostida uyg’onsa, yer yuzidagi iqlimni keskin o’zgartirib yuborishi hech gap emas.

19. Sayyoramizda 20 ga yaqin supervulqon bor. Ular yuzlab ming yilda bir marta uyg’onsa uyg’onadi, bo’lmasa yo’q.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading…