* * *
Suratkash tug’ilgan kunga taklif etilgandi. Bir-ikkita suratlar olib uy bekasiga ko’rsatgandi, u quvonchini yashirolmadi.
— Voy, suratlarning zo’rligini! Fotoapparatingiz yangimi deyman?..
Suratkash javob bermadi. Faqat ketayotib uy bekasiga dedi:
— Ovqatlar juda mazali bo’libdi. Qozoningiz yangimi deyman?
* * *
— Ishonasanmi, kecha shaxsan Kasparov bilan oshxonada bir stol atrofida o’tirdim.
— Nima bo’pti?
— E, tuzni uzatib yuboring desam, naq qirq besh daqiqa kutdirdi.
* * *
Ikki yigit qiznikiga mehmonga kelishdi. Yigitlardan biri so’radi:
— Sizda ichkarida kiyib turishga shippak bormi?
— Ha, marhamat!
Qiz ikkinchi yigitning indamay o’tirganini ko’rib hayron bo’ldi.
— Sizga shippak kerak emasmi?
Uning o’rniga sherigi javob berdi:
— Qo’yavering, do’stimning paypog’i hali yirtilmagan.
* * *
Ikki jinni ko’chada ketishayotgandi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Qara, o’lik qush!
Sherigi osmonga qarab so’radi:
— Qani?
* * *
— Do’xtir, to’g’risini aytishga qo’rqayapman…
— Aytavering! Biz ruhshunoslarga hammasini batafsil aytib bermasangiz bo’lmaydi.
— Qachon qarasam, orqamdan qandaydir begona odamlar ergashib yurgandek tuyulaveradi.
— Shunaqa deng?.. Kim bo’lib ishlaysiz?
— Muzeyda ekskursovodman.
* * *
Ig’vogar o’limi oldidan yaqinlarini oldiga chaqirib ulardan birma-bir uzr so’ray ketdi.
— Uka, esingdami, seni ishdan haydashgandi. Men uyushtirgandim, kechir! Singlim, seni maxsus xizmat xodimlari sudrashgandi-a? Men ustingdan yumaloq xat yozgandim, kechir! Xotin, seni qamashmoqchi bo’lishgandi. Mening aybim bilan edi, kechir!.. Alvido! Meni qandilga oyog’imdan osib qo’yinglar!.. Bu oxirgi iltimosim…
Uni yaqinlari so’raganidek, qandilga oyog’idan osib turishgandi, eshik taqillab, ichkariga militsionerlar kirib kelishdi.
— Kechirasizlar, bizga ariza tushdi. Sizlar murdani qiynoqqa solayotgan emishsizlar!
* * *
Chukcha yugurish musobaqasidan oldin doping qabul qildi. Musobaqa boshlangandan so’ng esa, juda sekin yugura boshladi… Doping qabul qilganini boshqalar bilib qolishmasin deb qo’rqdi.
* * *
Lagerda dam olayotgan o’quvchi ota-onasiga xat yozdi:
— Kecha lagerimizda boks bo’yicha musobaqa bo’lgandi. Shuning uchun tish cho’tkasi, pastasi va shunga o’xshash keraksiz narsalarni uyga jo’natyapman.
* * *
— Azizam, senga kutilmagan sovg’am bor!
— Voy, mukofot oldingizmi?
— Ha, uch oylik maosh miqdorida.
— Yashang, o’zimning asalim!
— O’sha pullarning hammasiga sen uchun guldastalar sotib oldim.
— Ahmoq!
* * *
Tosh asri. Er o’tirib toshga suratlar chizmoqda. Xotini yaqin kelib so’radi:
— Nega nayza ko’targan erkakni chizdingiz?
— Avlodlar mening qanday ov qilganimni bilishsin.
— Nega ilon, sherlarni chizyapsiz?
— Mening hech narsadan qo’rqmasligimni avlodlar ko’rib qo’yishsin.
— Nega qayiqni chizdingiz?
— Daryoda nima yordamida suzganimni avlodlar ko’rsin.
— Nega mening suratimni chizmayapsiz?
— Jinnimisan? Avlodlar mening qanday qiynalib yashaganimni ko’rishlarini istamayman!
Hormasboy TOLMASBOYEV tayyorladi