FAZO HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Veneraning ustki qismida havo harorati Selsiy bo’yicha 480 darajani tashkil etadi.
2. 1972 yil dekabridan beri Oyga odam oyog’i tegmagan.
3. Fazoda suv bir vaqtning o’zida muzlaydi va qaynaydi.
4. Quyosh botgandan keyin Xalqaro fazo kemasini bemalol ko’rsa bo’ladi.
5. Kosmonavtlar yerga qo’nishda, parvoz payti va ochiq fazoga chiqqanda podguzniklardan foydalanishadi.
6. Yupiter yo’ldoshida Pele deb nom olgan ulkan vulqon mavjud.
7. Qora tuynuk Yerdan 13 million yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan.
8. Yorug’lik bir yilda 9, 46 trillion kilometr yo’l bosadi.
9. Quyoshning ustki qismidagi havo harorati Selsiy bo’yicha 6000 darajani tashkil etadi.
10. Yerga yorug’lik 8 daqiqada yetib keladi.
11. Quyosh Yerdan 1, 3 million marta katta.
12. Fazoda qoshiqqa istalgan suyuqlikni quying, oqib ketadi. Faqat yogurtgina qoshiqda qoladi.
13. Agar qora tuynukka tushib qolsa, odam tanasi sezilarli darajada uzayib ketgan bo’lardi.
14. Merkuriyda bir yil 88 kunga teng.
15. Yerga yiliga 40 ming tonna meteorit changi o’tirib qoladi.
16. Yer Quyosh atrofida aylanish jarayonida bir kunda 2, 4 million kilometr yo’l bosadi.
17. Oy shu’lasi yerga yetishi uchun atigi 1, 25 soniya vaqt kerak bo’ladi.
18. Agar Quyoshga avtomobilda borishni xohlaganingizda, sizga 212 yildan ko’proq vaqt kerak bo’lardi.
19. Persey galaktikasida joylashgan qora tuynuk o’zidan past diapazonda musiqiy tovush chiqarib turadi.
20. Amerikaliklar 2030 yili Oyda shahar bunyod etishni rejalashtirgan.
21. Eng uzun kunga ega sayyora bu Merkuriydir.
22. Yupiter Quyosh atrofida aylanish jarayonida gazdangina iborat bulutlarni qoldiradi.
23. Neptunda bir kun Yerdagi 18 soatga teng.
24. Sedna sayyorasidagi bir yil Yerdagi 10 ming yilga teng.
KOSMONAVTLAR SKAFANDRINING IChKI KO’RINIShI
Olimjon HAYIT tayyorladi