* * *
Bolakay ota-onasidan so’radi:
— Dada, piyoz foydali mahsulotmi?
— Ha.
— Oyi, qaymoq ham foydalimi?
— Albatta.
— Dada, menga piyozli va qaymoqli pechenye olib bering!
* * *
— Nega xomushsan?
— Xotinim bilan telefonimdan ayrildim.
— Birdan-a?
— Yo’q, oldiniga yaramas o’g’rilar telefonimni o’g’irlashdi. Keyin xotinimga qo’ng’iroq qilib qaerdaligimni, nima ish bilan mashg’ulligimni aytishibdi.
* * *
Do’konda.
— Xonim, sizni nima qiziqtiradi?
— Bolalar aravachasi sotib olmoqchiman.
— Unda manavi aravachaga e’tibor qarating! Agar eringiz ko’proq vaqtini bolani ko’chada sayr qilib o’tkazishini xohlasangiz shu aravachani sotib oling. Chunki bu aravachaga kuldon va pivo idishini ochadigan ochqich o’rnatilgan.
* * *
Erkak do’konga kirib sotuvchidan so’radi:
— Bodring bormi?
— Yo’q.
— Pomidor-chi?
— Yo’q.
— Karam-chi?
— Vey, xit qilib yubordingiz-ku odamni! Bu yer sabzavotlar do’koni, ma’lumot byurosi emas!
* * *
— Allo! Do’xtir, tez yetib keling! Xotinim ko’richak bo’lib qoldi!
— Xavotirlanmang! Biz ikki yil oldin xotiningizning ko’richagini olib tashlaganmiz. Ko’richak ikki marta xuruj qilmaydi.
— To’g’ri, lekin odam ikki marta uylanishi mumkin-ku!
* * *
Operatsiya xonasi.
Bemor:
— Voy-y, sekinroq, do’xtir! Og’riyapti!
Vrach:
— Ts-s! Bizda imtihon ketyapti!
* * *
— Og’ayni, ertaga xotinimning tug’ilgan kuni. Nima sovg’a qilishni bilmay boshim qotdi.
— Xotining nimani ko’proq yaxshi ko’radi?
— Katta tezlikda osmonu falakka parvoz qilishni.
— Unda supurgi sovg’a qil!
* * *
— Do’stim, sen xotiningni qanday topgansan?
— Internetning sharofati bilan.
— Ie, tanishuv sayti orqalimi?
— Yo’q, modemim buzilib qolgandi, teatrga bordim. O’sha yerda tanishganman.
* * *
Talaba berilib kitob o’qirdi. O’tib ketayotgan boshqa bir talaba so’radi:
— Nima o’qiyapsan?
— Geometriya.
— Ha, men ham o’qiganman. Oxirida bosh qahramonni o’ldirib qo’yishadi.
* * *
Ona beshinchi qavatdan turib yetti yashar o’g’liga baqirdi:
— Hoy, bolam, o’rtog’ingni hadeb do’pposlayverma! Terlab ketasan, keyin shamollaysan!