PERSIYa MUShUGI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Persiya mushuklari dunyoda eng uzun yungga ega jonivor hisoblanadi. Odatda ularning yungi uzunligi 20 va undan ortiq santimetrgacha yetadi.

2. Persiya mushuklari o’z davrida fransuz aristokratlarining eng sevimli jonivori bo’lgan.

3. Persiya mushugi boshqa mushuklarga nisbatan ko’proq erkalanishni sevadi. Tajovuzkorlik bu mushuklarga xos emas. Bolalarni joni dilidan yaxshi ko’rishadi.

4. Bu jonivorlar dastlab Persiyada, ya’ni hozirgi Iroq va Eron chegara hududida paydo bo’lgan. Keyinchalik ularni Osiyoga ham olib kela boshlashgan.

5. Persiya mushugi parvarishtalab mushuk. Uni tez-tez silab-siypalash, ko’zlarini tozalab, yunglarini tarab turish lozim.

6. Bu mushuklarning tumshug’i ularga aksar holatlarda noqulayliklar tug’diradi. Persiya mushuklari nafas yo’llarida muammo mavjudligi tufayli boshqa mushuklar kabi hadeganda yugurib, chopqillab, sakrab o’ynay olmaydi. Shunday qilishsa, darrov nafas olishi qiyinlashadi. Shu sababli ular asosan dam olishni, dangasalikka zeb berishni ma’qul ko’rishadi.

7. 1887 yili Persiya mushugi Angliyada rasman uy jonivori statusiga ega bo’ldi. Lekin o’shanda faqat moviy rangli persiya mushugi ro’yxatga olingan. Keyinchalik inglizlar maxsus klublar tuzib, bu zotga mansub mushuklarning boshqa rangdagilarini ham dunyoga keltirishdi.

8. Persiya mushuklari egasining tizzasida o’tirishni xush ko’radi. Siz qaysi yoshda bo’lishingizdan qat’i nazar jahlini chiqarmasangiz, siz bilan bajonidil birga o’ynaydi. Kerak bo’lsa, siz uchun jonini fido qiladi. Real hayotda persiya mushugining xasta egasiga yaqinlashgan ajalni o’ziga olgani haqida aniq faktlar bor.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

PERSIYa MUShUGI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…PERSIYa MUShUGI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…PERSIYa MUShUGI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…