Normamat o’zining «Zaporojes»ida ketayotgandi. Bir «Neksiya» kelib mashinasini urib ketdi…
Xayriyat, hammasi yaxshi tugadi. Bir-birlariga so’kina-so’kina tarqalishdi. Albatta, militsionerlarning yordamida…
Normamat uyga bir ahvolda kirib keldi-da, kompyuteri qarshisiga o’tirib elektron pochta orqali yaqin do’stiga xat yubordi:
— Bilasanmi, yo’lda ketayotsam, hojatxona axlatini tashiydigan qandaydir iplos, xorami meni urib ketdi. Guvohnomani pulga sotib olgan ekan-u, kalla sotib olishni unutgan shekilli. Anavi ment yordam berar desam, iplosakan. Naqd olti yuz dollarimni sug’urib oldi. Eshshak!..
Ana endi hech qancha o’tmay, Normamat yozgan xatiga g’alatomuz javoblar ola boshladi. Siz ham o’qib ko’ring-a:
— Vey, maraz, kim xorami? Seni bekor turtib ketibman. Aslida yanchib ketishim kerak edi. Toshmatvoy. Avtohavaskor.
— Xo’-o’sh, tushunmadim. Kimni eshshak deding-a? Qo’limda sening mashina raqaming yozuvli turibdi. Serjant Qulmat Eshmatov.
— Qulmat aka, bugun olti yuz dollar ishlabsiz-ku, meni kinoga olib bormaysizmi? Agar olib bormasangiz, ertagayoq anavi Qurvon akaminan yurib ketaman. Oyshaxoningiz.
— Oysha, sen hali mentminan yurasanmi? Men o’zimni osaman. Qurvon.
— Menga qara, Qurvon, bugun oxirgi marta ijara haqini olishga boraman. Agar bermasang, uydan haydab chiqaraman. Sen turgan kvartira xo’jayini Solivoy.
— Solivoy, senmisan? Qara-ya, yuz yildan beri ko’rishmabmiz-a! Qandaysan? Sinfdoshing Alivoy.
— Alijon aka, men bugun sizga ochig’ini aytishim kerak. Sizdan homiladorman. Surmanisa.
— Ie, yana bu nimasi? Maraz, hali meni aldab yurganmiding? Hali birovlar bilan don olishib yuradigan bo’ldingmi? Hali uyga kelgin, ko’rsatib qo’yaman senga! Ering Mansurvoy.
Olimjon HAYIT tayyorladi