****
Yigitlarning qizlarga aytadigan mashhur bahonalari:
1. Keyin o’zim telefon qilaman (Sen bilan gaplashgim yo’q!);
2. Uydagilar qo’ng’iroq qilishyapti (Kecha tanishgan qiz 2-liniyaga tushyapti);
3. Albatta uylanaman! (Sendan qachon qutulaman!?);
4. Ovozing yaxshi eshitilmayapti (Qachon gaping tugaydi?!)
5. Keyingi hafta armiyaga ketaman (Alvido!)
****
— Kecha yaqin do’stim bilan uzoq maslahatlashib ichishni tashladik
— O’-o’ zo’rku. Bugun yuvarkanmizda.
****
— Kecha yaqin do’stim bilan uzoq maslahatlashib ichishni tashladik
— O’-o’ zo’rku. Bugun yuvarkanmizda.
****
— Salom yaxshi qiz! Ismingiz nima? Tanishsak bo’ladimi?
— Yo’q!
— Aytaqoling…
— Yosh bolamisiz!? Yo’q dedim-ku!
— Men sizni bir ko’rishda sevib qoldim. Siz bilan baxtli hayot qurmoqchiman!
— Mayli, ismim – Zarina.
— Yosh bolamisiz?! Aldasam ham ishonaverasiz…
****
Bolasini olib ketish uchun bog’chaga kelgan ona tarbiyachi o’rindiqda uxlab yotganini, bolalar esa maydonchada bir o’zlari telefon o’ynab o’tirishganini ko’rib jahli chiqib ketibdi. Tarbiyachini tepasiga borib baland ovozda:
— Bu nimasi? Hamma bolalar qochib ketishadi-ku, – desa,
Tarbiyachi:
— Tinchlaning, hech qayoqqa ketishmaydi. Chunki Wi-Fi faqat maydonchani ichida ishlaydi, – dermish.