* * *
Yarim kechasi uy eshigi taqilladi. Uy egasi uyqusiragancha eshikka yaqin borib so’radi:
— Kim u?
— Elektr tashkilotidanmiz, oka!
Uy egasi boshini silkita-silkita karavotiga borib yotdi-da, o’ziga o’zi dedi:
— Tag’in yomon tush ko’rdim shekilli.
* * *
Er ertalab ishga ketayotib xotiniga dedi:
— Onasi, bugun kechqurun ishxonamizda tug’ilgan kun borakan. Meni kechroq olib kelib tashlasalar maylimi?
* * *
Vrach bemorga dedi:
— Bemor, hozir joningiz sal og’riydi. Chidang! Tayyormisiz? Juda yaxshi!.. Bemor, bizda bir kurs muolaja olish haqi 1 million so’m!
* * *
Er kechqurun oyoqda tura olmaydigan darajada mast uyga keldi. Xotini urisha ketdi:
— Eshshak! Maraz! Alkash! Haromi!..
Shu tobda narigi xonadan o’g’ilchasi chiqib so’radi:
— Oyi, meni chaqirdingizmi?
* * *
Ikki kampir vrach kabineti yonida o’tirib, navbat kutyapti. Biri ikkinchisiga dedi:
— Yashshamagur kelinim yana ikkiqatmish!»
— Mening mushugim ikkiqat bo’lib qolibdi!
— Senga oson. Mushukchalarni do’ppi tor kelganda, cho’ktirvorsa bo’ladi…
* * *
Xotin:
— Siz meni sevmaysiz! Umuman sevmagansiz! Qasam ichib aytishim mumkinki, o’lib qolsam, bir haftadan keyin boshqasiga uylanvolasiz!
Er:
— Qasam ichishning nima keragi bor? Senga shundog’am ishonaman!
* * *
O’rmonda quyon bo’ridan so’radi:
— Bo’ri, qaysi qulog’im chinqiryapti hozir?
— O’ng qulog’ing.
— Qanday bila qolding?
— Chapini kecha uzib tashlaganman-ku!
* * *
Tashkilot ofisida xodimlardan biri hamkasbiga dedi:
— Shefning kayfiyati yo’q bugun. Aytishlaricha, xodimlarni qisqartirib tashlarmish.
— Senminan menga buning dahli yo’q.
— Nega?
— Chunki shef kecha xotini bilan janjallashib qolgan. Endi xotinining jami qarindoshlarini ishdan bo’shatarkan.
* * *
Qiz bilan yigit istirohat bog’ida sayr qilib yurishardi. Bashang kiyingan bir erkak yigit bilan quyuq salomlashib o’tib ketdi. Qiz yigitdan so’radi:
— Tanishingizmi deyman?
— Ha, birga ishlaymiz.
— O’, nima ish qiladi u?
— Yordamchim. Xatlarga imzo qo’yib beradi. Men o’sha xatlarni keyinroq aloqa bo’limi, tashkilotlarga tarqatib kelaman.
* * *
Radiodagi tabrik sahifasidan:
— Men suyukligim Arafatxonni tug’ilgan kuni bilan chin ko’nglimdan tabriklayman! Unga mustahkam sog’liq tilayman! Radiostansiya xodimlaridan sevgilim uchun «Men senga hech qachon uylanmayman» degan qo’shiqni qo’yib eshittirishlarini so’rayman!
Olimjon HAYIT tayyorladi