BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Kvartirada telefon jiringladi. Erkak go’shakni ko’tardi va quyidagilarni eshitdi:

— Azizim, biz o’g’illi bo’ldik!

— Xudoyim-ey, qanday baxt!.. Kechirasiz, kim gapiryapti?

 

* * *

 

Ikki yengiltabiat qiz fikr almashishyapti:

— Menga qara, kecha zo’r mijozga duch keldim.

— Xo’sh, xo’sh?.. Gapirib ber-chi!

— Xullas… U tun bo’yi berilib xurrak otdi.

 

* * *

 

Gruzin ko’chada ketayotib, kelishgan bir qizni ko’rib qoldi va tanishishga qaror qildi.

— Yaxshi qiz, bugun havo yaxshi-a?

Qiz indamadi.

— Kecha havo yomon edi, yomg’ir yoqqandi.

Qiz yana indamadi.

— Yaxshi qiz, qiziq, ertaga havo qanday bo’larkan-a?

Qiz shartta orqasiga o’girilib javob qildi:

— Men-chi, fohishaman, ob-havo ma’lumoti byurosi emasman!

 

* * *

 

Yigit sevgan qiziga dedi:

— Necha kundan beri bo’sa bermaysan. Toshmisan?

— Siz-chi? Shol bo’lganmisiz?

 

* * *

 

Yigit qizga sevgi izhor qilyapti:

— Azizam, men do’stim Jahongir kabi badavlat emasman. Chet ellarda qo’sha-qo’sha uylarim, cho’ntagim to’la dollarlarim yo’q. Lekin seni jonimdan ortiq sevaman!

— Men ham sizni sevaman… Aytgancha, o’sha Jahongir degan do’stingiz bilan tanishtirib qo’ymaysizmi?

 

* * *

 

Oqshom. Yigit sevgilisini quchib dedi:

— Jonim! Men seni sevaman!

— Voy, nima qilyapsiz? Hozir baqiraman!

— Ie, baqirsang, ota-onang uchrashayotganimizni bilib qolishadi-ku!

— Voy, qurib ketsin! Buyog’ini o’ylamabman-ku!

 

* * *

 

Yigit:

— Bilmadim, sizning muhabbatingizni qozona olarmikanman?

Qiz:

— Bu o’zingizga bog’liq. Shu kungacha ko’pchilik mening muhabbatimni qozona olgan.

 

* * *

 

Erkak:

— Mayli, yaxshi yigit, qizimni siz bilan diskotekaga jo’nataman. Ammo bilib qo’ying, mening qizim juda tarbiya ko’rgan qizlardan. Uch kun ichida uyda bo’lishi shart!

 

* * *

 

Xotin jazmani bilan uyda o’tirgandi. Eri kelib qoldi-yu, jazmanini shkafga berkitdi. Jazman yarim tungacha shkafda o’tirib, oxiri zerikkach, sekin ayollar paltosini kiydi-da, tashqariga chiqdi. Ana shunda ayolning eri uyg’onib ketib, so’radi:

— Kimsan?

— Kuyaman.

— Unda nega xotinimning paltosini kiyib olding.

— Hozircha qornim to’ydi. Uyda yerman.

 

* * *

 

Ikki dugona suhbatidan:

— Bilasanmi, men chet eldan keltirilgan divanimizni sotib yubormoqchiman.

— Nega?

— O’sha divanga qaradim deguncha, erimga qilgan xiyonatlarim yodimga tushadi.

— Uf-f! Agar erimga qilgan xiyonatlarimni eslataveradi desam, mening uyimda hech vaqo qolmagan bo’lardi.

 

 

loading…