image0

Olimlar asteroidning Oy bilan to‘qnashuvi tufayli Yerga meteor yomg‘irining yog‘ishini bashorat qildi. Bu haqda “Fox Weather” xabar berdi.

G‘arbiy Ontario universiteti va Atabaska universitetining kanadalik olimlari fikricha, 2032 yilda 15 qavatli binoga teng bo‘lgan 2024 YR4 asteroidining Oyning janubiy yarimshariga to‘qnashishi ehtimoli 4 foizga teng.

Mutaxassislar diametri 53 dan 67 metrgacha bo‘lgan kosmik jismni “Jeyms Uebb” teleskopi yordamida o‘rgandi. Tadqiqotga ko‘ra, agar asteroid Oyga tegsa, diametri yarim milyadan oshiq krater qoldiradi, bu taxminan 5000 yil ichidagi eng katta zarba bo‘ladi. Portlash kosmosga juda ko‘p miqdordagi Oy toshini uloqtiradi, ularning bir qismi Yer tomon uchadi.

Yerga meteorit yomg‘iri yog‘ishi mumkin – tadqiqot1

“Olingan meteor yomg‘iri bir necha kun davom etishi va ajoyib bo‘lishi mumkin, garchi ko‘rinadigan meteorlar soni atmosferaga kirish tezligi bilan birmuncha kamaygan bo‘lsa ham”, deyiladi tadqiqot guruhi bayonotida.

Olimlarning ta’kidlashicha, tosh zarralari NASA’ning Lunar Gateway kabi “Oy atrofida aylanayotgan kosmik kemalar uchun jiddiy xavf” va Oy yuzasidagi har qanday operatsiyalar uchun “bundan ham kattaroq xavf” bo‘lishi mumkin. Ular, shuningdek, past Yer orbitasidagi minglab sun’iy yo‘ldoshlar uchun muammo tug‘diradi. Kichik zarrachalar ularni bir necha oy davomida bombardimon qiladi, ammo jiddiy zarar kutilmaydi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar to‘qnashuv haqida aniq prognozlarni faqat 2028 yilda, asteroid Quyosh ortidan paydo bo‘lganida aytishi mumkin bo‘ladi.