XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ITLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Itlar jami 250 ta so’z va belgini tushuna oladi. Beshgacha sanaydi, matematikadan oddiy misollarni ham yecha olishadi. Ularning intellekti ikki yashar bola intellektiga teng.

2. Itlar quchoqlatishni xush ko’rmaydi.

3. Qadimiy Xitoyda imperatorning «pekines» zotli jajji iti bo’lgan. It uning yengi ichkarisida yurgan va xavf tug’ilishi bilan yeng ichidan sakrab pastga tushgan-u, dushmanga tashlangan.

4. Tig’li bo’yinbog’ itlar uchun qadimiy Gretsiyada yaratilgan. Ular itni bo’rilar hujumidan himoya qilishga mo’ljallangan.

5. «Banks» laqabli «bokschi» zotiga mansub it va «Buttons» laqabli g’oz qalin do’stga aylanishgan. Bu do’stlik it avtohalokat tufayli ko’r bo’lib qolgach, paydo bo’lgan. G’oz itga o’rnidan turishga yordam bergan. Hamisha uni yetaklab yurgan. Itni bir lahza ham yolg’iz qoldirmagan.

6. Yangi tug’ilgan kuchukchaning 28 ta tishlari bo’ladi. Yoshi ulug’ itda esa tishlar soni 42 taga teng.

7. It yuragi ham odamniki kabi xotirjam turganda daqiqasiga 60 dan 100 martagacha uradi.

8. Itlarning jami 1700 ta ta’m bilish reseptorlari mavjud.

9. It hidni odamdan 100 000 karra yaxshiroq his etadi.

10. Itga shokolad berish umuman mumkin emas. Chunki shokolad tarkibidagi teobromin moddasi itning markaziy asab tizimi va yurak mushaklarini ishdan chiqaradi.

11. Itlar ham xuddi odamlar kabi ba’zida hiqichoqdan azob chekadi.

12. Dunyoda eng tez yuguradigan it «Greyxaund» zotiga mansub «Star Taytl» laqabli it hisoblanadi. U soatiga 67, 32 kilometr tezlikda chopadi.

13. Itga ham semirish mumkin emas. Haddan tashqari semirib ketsa, xavfli xastalikka chalinadi.

14. Dunyoda itlarning jami 703 ta zoti bor.

15. «Rin Tin Tin» laqabli it Gollivud yulduziga aylangan. Chunki u 22 marta filmlarda suratga tushish bo’yicha shartnoma tuzib, shartnomalarning barchasiga panjasi yordamida imzo chekkan.

16. Itvachchalarning ko’zlari tug’ilgach, oradan 1 oy o’tibgina ko’ra boshlaydi.

17. «Lundexund» zotiga mansub itlarning har bir oyog’ida 6 tadan barmog’i bor.

18. «Nemis dogi» zotli itikki orqa oyoqda turgan mahal bo’yi 2, 20 metrgacha yetadi.

19. Nemis ovcharkasi intellekt bo’yicha dunyodagi barcha boshqa zotga mansub itlarni quvib o’tgan.

20. It egasini sevsa, u mabodo o’lib qolganda ham bir umr aza tutadi. Bu ko’p marotaba amalda o’z isbotini topgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…