image0

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 207 536 nafar afg‘onistonlik O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida jami 223,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,6 ming nafarga yoki 3,4 barobarga oshgan.

Joriy yilning 6 oyida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Afg‘oniston – 207 536 nafar;

Tojikiston – 12 244 nafar; 

Turkmaniston – 1 642 nafar;

Rossiya – 451 nafar;

Turkiya – 276 nafar;

Qozog‘iston – 255 nafar;

Boshqa davlatlar – 1 177 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 9,5 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgani xabar qilingan edi. Ushbu davr mobaynida O‘zbekistonga 2 780 nafar hindistonlik o‘qish uchun kelgan va bu boshqa davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.