* * *
Kelin ertalab turib qarasa, qaynonasi mashinasida yo’lga otlanyapti. U so’radi:
— Oyi, ertalabdan qaerga otlandingiz?
— Qabristonga, qizim, qabristonga!
— Voy, mashinani kim uyga olib keladi unda?
* * *
Beshinchi sinfda o’qiydigan bola uyga kelib onasiga dedi:
— Oyi, meni maktabdan haydashdi.
— Nega haydashadi?
— Bilmadim, qisqartirishga tushib qoldim shekilli.
* * *
Bolalar bog’chasida bir bolakay yangi kelgan boladan so’radi:
— Sen necha yoshdasan?
— To’rt yoshda.
— Oting nima?
— Eshmat.
— Tanlagan qizing bormi?
— Yo’q.
— E, unda to’rtmas, uch yoshdaykansan.
* * *
Besh yoshli bolakay buvisi (onasining oyisi) dan so’radi:
— Buvi, odamning qoni shirin bo’ladimi?
— Men qaerdan bilay?
— Dadam «Buving qonimni ichyapti», dedi-ku!
— Dadangda miya yo’q.
— To’ppa-to’g’ri, miyasini o’tgan yili yeb qo’ygan ekansiz.
* * *
Sakson yoshli qariya 18 yashar qizga uylanib, to’qqiz oydan so’ng tug’ruqxonaga olib keldi. Vrach dedi:
— Qoyilman, boboy! Buning siri nimada?
— Motorni parvarishlash kerak, bolam.
Kelasi yil yana o’sha qariya yosh xotinini tug’ruqxonaga olib keldi. Vrach: — Boboy, besh ketdim! Buning siri nimada?
Qariya: — Motor hamisha jangovar holatda bo’lishi lozim.
Uchinchi yili yana o’sha qariya yosh xotinini tug’ruqxonaga olib keldi. Bu gal ham o’sha vrach o’tirgan ekan. Xotinining ko’zi yorigach, chiqib qariyaga dedi:
— Boboy, motorning moyini almashtirmasangiz bo’lmaydi shekilli, bolangiz qop-qora tug’ildi.
* * *
Rossiyaning 1- telekanali orqali namoyish etiladigan «Mo»jizalar maydoni» teleshousi boshlovchisi Leonid Yakubovich ishdan so’ng uyiga keldi. Xotini bu vaqtda jazmani bilan o’tirgandi. Eri kelganini sezdi-yu, jazmanini shkafga berkitdi va ikki qo’lini yoygancha shkafni to’sib turib oldi-da, o’ziga hayron qarab qolgan Yakubovichga dedi:
— Hoziroq o’ttiz ming ko’kida beraman, biz bu shkafni ochmaymiz!
* * *
— Oshna, kimsasiz sahroda qanday qilib sherni tutish mumkin?
— Buning yo’li oson. Mushukni tutib olasan-da, sherman deb bo’yniga olmaguncha kaltaklayverasan.
* * *
Qiz yigitga dedi:
— Hazillaringiz ahmoqona! O’zingizam g’irt ahmoqsiz!
— Iltimos, menga turmushga chiqing!
— Voy, kechiring! Siz… Rostdan aytyapsizmi?
— Yo’q, hazillashdim, hazillashdim.
* * *
Askar polk komandiriga hisob beryapti.
— Sizning yo’g’ingizda polkimizda hech qanday ko’ngilsizliklar, qonunbuzarliklar ko’zga tashlanmadi. Oddiy askar Ivanov!
— Ivanov deysanmi?
— Xuddi shunday.
— Millating nima o’zi?
— Chukcha.
— Unda nega familiyang Ivanov?
— Ustavda shunday yozilgan.
* * *
Erkak tanishiga hasrat qilyapti.
— Odamlar juda shafqatsiz va madaniyatsiz bo’lib ketishibdi.
— Nega? O’sha odamlar senga nima yomonlik qildi?
— E, kecha tunda bardan chiqib uyga ketayotgandim. Ikkala qo’limniyam ezg’ilab tashlashdi.
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Men hayotim davomida ikki marta uylandim. Ammo ikkalasiyam omadsiz kechdi.
— Nima uchun? Qanaqasiga?
— Masalan, birinchi xotinim meni tashlab ketib qoldi, ikkinchisini haydab ham ketkaza olmayapman.
* * *
Bolakay buvisidan so’radi:
— Buvijon, nega ko’zlaringiz katta?
— Seni yaxshiroq ko’rish uchun, bolajonim.
— Nega quloqlaringiz katta?
— Seni yaxshi eshitish uchun.
— Nega burningiz katta?
— Ey, Ara, avval o’zingnikiga boq!
* * *
Qizaloq dorixonaga kirdi-da, yig’lay boshladi. Sotuvchi so’radi:
— Nega yig’layapsan?
— Oyim doriga jo’natuvdi, nomini esimdan chiqarib qo’ydim… Ammo tarkibida «gidroksimetilamino-trifenilatsetat…» moddasi borligi esimda.
* * *
To’rt yoshli bolakay yugurib borib itning dumini silay boshlagandi, oyisi naridan turib qichqirdi:
— Qo’y, itga teginma, tishlab oladi hozir!
— Hecham-da! Itlar dum tarafi bilan tishlamaydi.
* * *
Bolakay otasidan so’radi:
— Dada, tosh asri nima degani?
— Tosh asrimi? Tosh asrida hamma narsa toshdan yasalgan.
— Ie, kompyuterlar ham toshdan yasalganmi?