Gibrid Chevrolet Corvette 650 ot kuchiga ega bo'ladi

Chevrolet o’zining o’rta motorli Corvette superkarining gibrid versiyasini taqdim etishga tayyor: avtomobil birgalikda 650 ot kuchini taqdim etishga qodir elektromotor va 6,2 litrli benzin motoriga ega bo’ladi. Elektromotor faqatgina old o’qni aylantirishini hisobga olsak, gibrid Corvette sof elektr rejimda harakatlana oladi — soatiga 50 kilometrdan oshmagan holda. Mashina sotuvga 2023 yilda taxminan 100 ming dollar qiymatida sotuvga chiqadi, deb xabar beradi Motor.

Muscle Cars & Trucks nashrining ma’lumotlariga ko’ra, gibrid superkar kutilganidan ham kuchli bo’lib chiqqan. Corvette’ning yangi versiyasi avvalroq 600 ot kuchini va’da qilgandi, ammo endilikda insayderlarning ta’kidlashicha, gibrid motorning quvvati 650 ot kuchiga ko’tarilgan. Bu kabi energiyaquvvat yordamida Corvette soatiga 100 kilometr tezlikka 2,5 soniyadan kamroq vaqt ichida erishadi. Avtomobil taxminan 500 ot kuchini taqdim etishga qodir LT2 oilasiga kiruvchi 6,2 litrli V8 motorini saqlab qolgan. U mashinaning orqa g’ildiraklarini aylantiradi, ammo old o’qda qo’shimcha sifatida elektromotor paydo bo’lib, yana 150 ot kuchi bilan ta’minlaydi.

Corvette’ning gibrid motorli versiyasi paydo bo’lishi haqida anchadan buyon gap-so’zlar mavjud. Mish-mishlarga ko’ra, elektrlashtirilgan Corvette C8 ning birdaniga bir nechta versiyasi taqdim etiladi.

motor.ru