2021 yilning uchinchi choragidan boshlab Xiaomi Mi mahsulotlari seriyasi faqatgina Xiaomi nomi ostida sotiladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Bu kabi o’zgarish Xiaomi smartfonlari sotiladigan barcha mintaqalarga tegishli. The Verge ma’lumotlariga ko’ra, u brend va uning mahsulotlarini qabul qilishdagi oraliqni qisqartirishga yo’naltirilgan.
Shu bilan birga, Xiaomi’ning ma’lum qilishicha, kompaniya oldingidek Redmi brendini saqlab qoladi, bu esa Xiaomi’ning yuqori sinfga kiruvchi mahsulotlari yoshlar uchun mo’ljallangan hamyonbop Redmi mahsulotlaridan alohida lineyka sifatida shakllanishidan dalolat beradi.
Yaqinda Mi Mix lineykasida taqdim etilgan smartfon nomlanishdagi o’zgarishning siljishiga xizmat qildi, kompaniya uni shunchaki Xiaomi Mix 4 deb atagani sabab internetda chalkashliklar yuzaga kelgan. Bundan oldingi telefonlar Mi Mix, Mi Mix 2 va Mi Mix 3 deb nomlangan edi.
Mi brendi asosan g’arb bozorlarida qo’llanadi, Xitoyda esa barchaga ma’lum Xiaomi Mi 11 smartfoni shunchaki Xiaomi 11 deb ataladi.