HAR SOHADAN BIR ShINGIL QIZIQARLI FAKTLAR
1. Tilla baliq ultrabinafsha va infraqizil nurlarni baravar qabul qiladi.
2. Paragvayda ikki shaxsning duelga chiqishiga qonun yo’li bilan ruxsat etilgan. Faqat buning uchun ikkala tomon ham qon topshiruvchi donor sifatida kasalxonada ro’yxatda turishi kerak.
3. 8 sinfda Elvis Presli musiqa fanidan zo’rg’a «3» ga o’qigan.
4. Limon tarkibida qulupnayga nisbatan ko’proq shakar mavjud.
5. Quyosh har yili 360 million tonna vazn yo’qotadi.
6. To’rt yoshli bolalarning aksariyati bir kunda kattalarga o’rtacha 400 ta savol beradi.
7. Yer yuzi aholisining 10 dan 9 nafari shimoliy yarim sharda yashaydi.
8. Los-Anjelesda tub aholiga nisbatan avtomobillar ko’pchilikni tashkil etadi.
9. Kirlangan qor tozasiga qaraganda tezroq eriydi.
10. Ginnes rekordlar kitobi kutubxonalardan ko’p o’g’irlanishi sababli Gennes rekordlar kitobiga kiritilgan.
11. Ikki millard odamning faqat bir nafarigina 116 yil va undan ko’proq umr ko’radi.
12. Yamayka orolidan jami 120 ta daryo oqib o’tadi.
13. Leonardo da Vinchi bir vaqtning o’zida bitta qo’l bilan surat chizgan, ikkinchi qo’li bilan xat yoza bilgan.
14. Qurbaqa ko’zlari ochiq holda ovqat yeya olmaydi.
15. Avstraliya yer yuzida amaldagi vulqonga ega bo’lmagan yagona davlatdir.
16. «Malboro» sigareti qutisiga surati tushirilgan shaxs o’pka saratonidan vafot etgan.
17. Eng ko’p kaloriyaga ega meva bu avokadodir.
18. «Youtube»dagi videoroliklar, suratlarni tomosha qilish uchun ming yil ham kamlik qiladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…