image0

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonga 2 780 nafar hindistonlik o‘qish uchun kelgan va bu eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida jami 9,5 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming nafarga yoki 17,3 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Hindiston – 2 780 nafar; 
  • Turkmaniston – 2 622 nafar; 
  • Tojikiston – 1 145 nafar;
  • Xitoy – 459 nafar;
  • Janubiy Koreya – 381 nafar;
  • Pokiston – 348 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 263 nafar;
  • AQSH – 232 nafar;
  • Afg‘oniston – 167 nafar;
  • Turkiya – 161 nafar;
  • Boshqa davlatlar – 988 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida o‘zbekistonliklar asosan o‘qish maqsadida Tojikistonga borayotgani ma’lum bo‘lgandi. Jami 35,9 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.  Shulardan 12 809 nafari Tojikistonga,  8 629 nafari Rossiyaga va 3 953 nafari Qirg‘iz Respublikasiga tashrif buyurgan.