Yuz parvarishida nimalarga e’tibor berish kerak?
🔻Yuz parvarishida hech qachon yaqin dugonangiz, qo’shningiz va tanishingiz maslahatiga tayanmang. Chunki har bir inson yuz terisi turlicha bo’ladi;
🔻 Yuzni kun oxirida tozalovchi vositalar bilan tozalang;
🔻 Namlantiruvchi, oziqlantiruvchi vositalardan ko’proq foydalaning (tunda ham);
🔻 Quyosh nurlaridan saqlovchi kremlardan yilning har faslida foydalaning;
🔻Ko’z atrofiga ajinlardan saqlovchi va oziqlantiruvchi kremlardan foydalaning;
🔻 Kun davomida ko’p suyuqlik iching;
🔻 Qabziyat, oshqozon kasalliklari va gormonal o’zgarishlarni davolang;
🔻Shirinliklar, gazli ichimliklar va energetiklar iste’molini cheklang;
🔻Sog’lom uyqu ratsioniga rioya qiling;
🔻 Ajinlarga qarshi vositalarni yoshga ko’ra tanlang;
🔻 Quyoshli kunlarda qora ko’zoynaklardan foydalaning (mimik ajinlar tushishini yoki ko’payishini oldini olish uchun);
🔻 Yuz uchun vositalarni yaroqlilik muddati o’tgach ishlatmang.