Soch uchlari qirqib turilsa, tez o'sishi rostmi?

Soch o’sishi – bu soch follikulasining ichida sodir bo’ladigan sirli jarayon.

 

– Follikulalarda sochlarning tuzilishini tashkil etuvchi hujayralar mavjud.

 

– Soch kesish yuzaki hodisa bo’lib, follikulalarga yoki ularning ishlash tezligiga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun har kuni sochingizni kessangiz ham, bu soch o’sishini tezlashtirmaydi.

 

– Muntazam ravishda sochlarni qirqib turish soch uchlari yorilishini kamaytiradi, sochlar sog’lom va sinishga kamroq moyil bo’ladi. Natijada, soch uchlari tekis va uzun ko’rinish oladi.

 

– Uzun sochlar sohibi bo’lish uchun sochlaringizni kuzatib boring, muntazam ravishda bo’lingan uchlarini olib tashlang, sochlarni mustahkamlovchi vositalardan foydalaning va sog’lom turmush tarzini olib boring.

 

«Sog’lom hayot»