«Fajr Open»: O'zbekiston vakilasi oltin medalni qo'lga kiritdi

Eron poytaxti Tehron shahrida taekvondo bo’yicha «Fajr Open» xalqaro musobaqasi bo’lib o’tmoqda.

Bugun, 7 mart kuni «Fajr Open» xalqaro musobaqasining ikkinchi kungi bahslari bo’lib o’tdi. Quvonarlisi, unda O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova oltin medalni qo’lga kiritdi.

+73 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz barcha raqibalarini mag’lub etib finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda taekvondochimiz eronlik Zaxra Pouresmailkarani ustidan 4:0 hisobida g’alaba qozondi.

olympic.uz