Reklama «Manchester Yunayted» hujumchisi jamoadan ketish haqida o'ylamoqda

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford klub bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti.

«Reshford kelajagi haqida o’ylamoqda. U o’yin amaliyoti kamligidan xavotirda», deb yozdi jurnalist Fabritsio Romano tvitterdagi sahifasida.

Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum «qizil iblislar» safida 24 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Reshfordga «PSJ» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining transfermarktdagi narxi 85 mln yevro.