YoShARTIRUVChI NIQOB

Bu yoshartiruvchi niqobni yaxshi samara berishi uchun har ikki haftada bir marotaba takrorlab turish kifoya.
KERAKLI MASALLIQLAR:
– 1 oshqoshiq asal;
– 1 oshqoshiq smetana;
– 50gramm tvorog;
– 1 dona tuxum;
– 6 tomchi limon;
– 1 ampula aloe;
– B1 va B2 vitaminlari.
Barcha mahsulotlar aralashtiriladi. Bu niqob kechqurun yuzga surtiladi. Ko’z ostiga ham. 15-20 daqiqadan so’ng yuviladi.