Belbog'li kurash: O'zbeklar Jahon chempionati va Kubogida 36 ta medal qo'lga kiritishdi

Mazkur xalqaro musobaqalarda Jahon belbog’li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G’aniyev, O’zbekiston belbog’li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig’i Rustam Boboqulov, yoshlar bo’yicha milliy terma jamoa bosh murabbiy Usmon Mahamatov, murabbiylar Karim Ernazarov, kattalar terma jamoasi sifatida Toshkentboy Yaxshiboyev hamda belbog’li kurash bo’yicha terma jamoamiz a’zolari to’liq tarkib bilan ishtirok etishdi.

Jahon chempionati musobaqasi yakunlangach, 4-5 noyabr kunlari erkaklar va ayollar o’rtasida jahon kubogi bo’yicha bellashuvlar o’tkazildi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.

Qayd etilishicha, ushbu jahon kubogi musobaqasida ham O’zbekiston vakillari munosib ishtirok etib, yakunda klassik yo’nalishda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza medalini qo’lga kiritgan bo’lishsa, erkin yo’nalishda 1 ta kumush 6 ta bronzaga ega chiqishdi.

Belbog'li kurash: O'zbeklar Jahon chempionati va Kubogida 36 ta medal qo'lga kiritishdi

Ma’lum bo’lishicha, o’tkazilgan jahon chempionati va kubogida yurtdoshlarimizdan Miranshoh Ro’ziyev, Elmurod Abdullayev, Jamshid Egamovlar hakamlik vazifasida ishlashdi.

Shuningdek, jahon kubogi doirasida Tatariston Respublikasi Sport vaziri Vladimir Leonov hamda jahon belbog’li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek G’aniyev, O’zbekiston belbog’li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig’i Rustam Boboqulovlar ishtirokida o’zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, jumladan, yosh va umidli sportchilarni tayyorlashda ilmiy metodik, o’quv-yig’in mashg’ulotlar samaradorligini oshirish singari qator masalalarni muhokama qilishdi.

Belbog'li kurash: O'zbeklar Jahon chempionati va Kubogida 36 ta medal qo'lga kiritishdi

Tashrif davomida Rustam Boboqulov Qozon shahridagi eshkak eshish sport turi bo’yicha markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishgan. Bundan tashqari Rossiya federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi sport vazirligi bilan ham hamkorlik doirasida kelishuvlarga erishilgan. Unga ko’ra, shuningdek, jahon belbog’li kurash assotsiatsiyasi taklifiga muvofiq, joriy yil noyabr oyining uchinchi o’n kunligida Boshqirdiston Respublikasi sport vaziri Ruslan Xabibov boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurishadi.

Belbog'li kurash: O'zbeklar Jahon chempionati va Kubogida 36 ta medal qo'lga kiritishdi

Jahon kubogining tantanali ochilish marosimida jahon belbog’li kurash assotsiatsiyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G’aniyev hamda Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig’i Rustam Boboqulovga sportni rivojlantirishga qo’shayotgan hissasi uchun Tatariston Respublikasi sport vazirligi tomonidan ko’krak nishoni topshirilgani aytiladi.