«Kalmar o'yini» insonlarning qancha vaqtini «o'g'irladi»

Serialning qancha vaqt ko’rilganini hisoblovchi yangi veb-sayt ishga tushirildi
Koreyalik kinoijodkorlar va «Netflix» hamkorligida ishlangan, qisqa vaqt davomida butun dunyo bo’ylab o’z muxlislarini topa olgan «Kalmar o’yini» seriali necha soat ko’rilgani ma’lum bo’ldi.

Hisob-kitoblarga ko’ra, «Kalmar o’yini» seriali «Netflix»da 1,6 milliard soat, «Red Notice»da esa 148,7 million soat ko’rilganli bilan dunyo bo’yicha eng ko’p tomosha qilingan serialga aylandi. Hozirda serialning ikkinchi mavsumi uchun suratga olish ishlari davom etmoqda.

«Netfix» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi veb-sayt serialning qancha vaqt davomida ko’rilganini hisoblaydi. Ushbu serialdan tushgan daromad ham kutilganidan bir necha marta yuqori bo’lib «Netflix’ga eng yuqori daromad keltirgan seriallar» 10 taligidan joy oldi.

Avvalroq, «Kalmar o’yini»ning rejissyori serialning ikkinchi mavsumi qanday yakun topishini ma’lum qilganligi haqida xabar berilgan edi.