1. Odamning burni 50 mingtagacha bo’lgan hidlarni ajrata oladi.
2. Biz soatiga 160 kilometr tezlikda aksa uramiz.
3. Miyamiz uxlamagan paytda o’zidan ishlab chiqqan elektr quvvatiga bir dona lampochkani yoqsa bo’larkan.
4. Qadimda jallodlarga bozorda oziq-ovqat mahsulotlarini tekinga olish uchun rasman ruxsat berilgan. Sababi, mahsulot sotayotganlar jallodning qo’lidan pul olishga ijirg’anishgan.
5. O’rta asrda yashagan vikinglar (qadimda dengiz qaroqchilari sifatida nom qozongan) xotini olamdan o’tsa, bayram qilgan. Bayramdan keyin viking o’ziga yangi xotin qidirgan. Bu xotin olamdan o’tganiga nisbatan kamida 10 yosh kichik bo’lishi lozim edi.
6. Limon e’tiborni kuchaytiradi. Ayniqsa, kompyuterda ishlaydiganlar tez-tez limon hidlasa, kamroq xatoga yo’l qo’yarkan.
7. O’rta yoshdagi odam yuragi har daqiqada 77 marta uradi. Bir kecha-kunduzda 100 ming marta, bir yilda 36 million marta, butun hayoti davomida 2, 5 milliard marotaba uradi. Ammo yurak ritm bilan uradi. Demak, orada to’xtalish bor. Xuddi shu to’xtalishni hisoblasak, bir odamning yuragi umri davomida 20 daqiqa to’xtab turarkan.
8. «BUK» daraxti Yevropaning ko’plab davlatlarida bir xil nomga ega. Yevropaliklar kitobni shunday atashadi. Demak, kitob so’zining ushbu daraxt bilan bog’liqlik jihati bor. Qadimda aynan «BUK» daraxti tanasini chiroyli qilib xuddi qog’oz hajmida qirqib olingan va shu narsaga yozishgan. Bora-Bora daraxtning nomi kitob nomi sifatida qabul qilingan.
9. Alyaskada jami 217 nafar odam yashaydi xolos. Qizig’i, shahar aholisining barchasi bittagina 14 qavatli uyda istiqomat qiladi. Shu uyga shahar meri kabineti, kasalxona, politsiya mahkamasi, aloqa bo’limi, do’kon, cherkov va maktab ham joylashtirilgan.
10. Qaychini o’z davrining taniqli olim va rassomi Leonardo da Vinchi yaratgan.
interesnyefakty. org
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit