Tojikistonlik futbolchi «Nasaf» bilan shartnoma imzoladi

Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi 24 yoshli hujumchi Muhammadjon Rahimov qarshiliklar a’zosiga aylandi.

Muhammadjon «Nasaf» jamoasi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Muhammadjon Rahimov faoliyati davomida Tojikistonning “Hosilot”, “Istiqlol”, Qozog’istonning “Ordabasi” jamoalarida o’ynagan.

«Muhammadjon 2023 yilgi futbol mavsumida “ajdarlar” bilan barcha musobaqalarda munosib ishtirok etib, ko’plab sovrinlarni qoʻlga kiritishini tilab qolamiz. «Nasaf» oilasiga xush kelibsan, Muhammadjon!» – deyiladi qarshiliklar rasmiy bayonotida.