Fozilova va Boboqulovalar Osiyo chempioniga aylanishdi

Boks bo’yicha Tailand o’tkazilayotgan U22 Osiyo chempionati qizlar o’rtasida final janglari boshlandi. Eng yengil vazn toifalarida (48 va 50 kg.) chempionlik janglari o’tkazildi.

Farzona Fozilova va Sabina Boboqulova o’z raqiblarini mag’lub etib, chempionlikni qo’lga kiritishdi. Bugun yana 6 nafar vakilimiz ringga ko’tariladi.

-48 kg: Farzona Fozilova – Susma Tamang (Nepal) – 5:0

-50 kg: Sabina Boboqulova – Tran Nguen (Vyetnam) – 5:0