Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo’lgan bokschilar o’rtasida Osiyo chempionati o’z yakuniga yetib bormoqda. Kecha musobaqa doirasida qizlar o’rtasida final bahslari bo’lib o’tdi.
Final bahsida 8 nafar bokschimiz ringga ko’tarildi. Ularning besh nafari g’alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo’ldi. Uch bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana ikki nafar bokschimiz bronza medalini qo’lga kiritgandi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo’lishdi:
Oltin:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O’ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova
Kumush:
-57 kg: Sitora Turdibekova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro’zmetova
Bronza:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova
Ma’lumot uchun, qizlar terma jamoamiz musobaqaga 11 nafar bokschi bilan yo’l olgandi.