«Al-Hilol» Messiga 2 mavsumga 1,2 milliard yevro taklif qildi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi «Al-Hilol»ga o’tishi mumkin, deya xabar beradi Footmercato.

Manbaga ko’ra, 35 yoshli argentinalikni Saudiya Arabistoni klubi qo’lga kiritishga intilmoqda. Ar-Riyod jamoasi Messiga 1,2 milliard yevro oladigan ikki yillik shartnoma taklif qildi. Hujumchining otasi allaqachon taklifni qabul qilgan.

Shu bilan birga, Messi «Barselona»dan ham foydali taklifni kutishi qayd etilgan.

2022/23 yilgi mavsumda Messi 40 ta o’yin o’tkazib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.