Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida davom etayotgan Stranja-2023 turnirining 3-kuni o’zbekistonlik bokschilar uchun muvaffaqiyatli o’tdi.
Bolgariya mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirning 3-kun yakunlariga ko’ra, kutilganidek, O’zbekiston sharafini himoya qilayotgan charm qo’lqop ustalari ajoyib g’alabalari bilan zafarli yurishlarini davom ettirishdi.
Jumladan, +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov amerikalik Joshua Edvardsga imkoniyat qoldirmagan bo’lsa, -75 kg vazn toifasidagi kechgan o’zbekcha “derbi”da A’loxon Abdullayevning qo’li baland keldi.
Stranja-2023. O’zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi 3-kun natijalari:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Akkol Mizan (Turkiya) 5:0
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Abdallah Abu Arab (Daniya) 5:0
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov – Manuel Katalino (Ispaniya) 5:0
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov – Yertugan Zeinulinov (Qozog’iston) 5:0
-60 kg: Dilshod Abdumurodov – Varinder Singh (Hindiston) 5:0
+92 kg: Bahodir Jalolov – Joshua Edvards (AQSh) 5:0
-75 kg: Havasbek Asadullayev – Moreno Fendero (Fransiya) 4:0
-75 kg: A’loxon Abdullayev – Abdulaziz Abdupattayev 3:0
-52 kg: Nozimaxon Bulturova – Jyoti (Hindiston) 0:5.
Ma’lumot uchun, kichik jahon chempionati deya ta’riflanadigan “Stranja” xalqaro an’anaviy turniri bu yil 74-marta o’tkazilmoqda. 19 fevral kuni boshlangan bahslar 26 fevralga qadar davom etadi.