Suriya va Turkiya aholisi zilziladan oldin osmonda kuzatgan ko’k rangli chaqnash – bu kam o’rganilgan hodisa, ammo uni kamdan-kam yuz beradi deb bo’lmaydi.
Bu birinchi zilzila paytida yuzaga keladigan pyezoelektrik effekt bilan bog’liq, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati direktori, texnika fanlari doktori Yuriy Vinogradov.
Uning so’zlariga ko’ra, zilzila paytida ko’plab geofizik maydonlar, asosan, elektromagnit qo’zg’aladi.
“Ko’pincha bu pyezoelektrik effektga bog’liq. Kristalli jinslar kvarsni o’z ichiga oladi, o’z navbatida, kvarsda kuchlanish paydo bo’lganda, yondirgichdagi kabi pyezoelementda uchqunlar, elektromagnit maydoni yuzaga keladi, u ionosferaga kirib, u yerda chaqnashni keltirib chiqarishi mumkin”, deb ta’kidladi mutaxassis.
Vinogradovning so’zlariga ko’ra, “bu yerda g’ayrioddiy narsa yo’q”. Bu chaqnashlardan zilzilani bashorat qilish vositasi o’rnida foydalanish befoyda, chunki ular zilziladan bor-yo’g’i bir necha soniya oldin sodir bo’ladi.
“Ular aslida qo’zg’alish natijasida yuzaga keladi, faqat seysmik to’lqin bir tezlikda tarqalganda, elektromagnit to’lqini esa butunlay boshqa tezlikda tarqaladi”, deb ta’kidladi olim. Uning fikricha, elektromagnit to’lqini yer yuzasiga seysmik to’lqindan tezroq yetib boradi. Yuzaga keladigan chaqnash zilzila boshlanganidan dalolat berib, odamlarga taraddudlanish uchun vaqt qoldirmaydi, deb xabar beradi mir24.tv.