Shomurodovga bo'lgan qiziqishlar soni ortmoqda

Rimning «Roma» klubi sharafini himoya qilayotgan o’zbekistonlik hujumchi Elodor Shomurodov faoliyatini «Bolonya»da davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Fantamaster.it

Ma’lumotlarga ko’ra, «Bolonya» allaqachon Shomurodov bo’yicha «bo’rilar» bilan aloqaga chiqib, uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo’yicha ma’lumot so’ragan.

Eslatib o’tamiz, Eldor o’tgan yozda 18 million yevro evaziga «Jenoa»dan «Roma» safiga borib qo’shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakunlanadi.