«Barselona» Robert Levandovski uchun 50 mln yevro to'lashga tayyor

«Barselona» Robert Levandovski transferini amalga oshirish uchun «Bavariya» talab qilgan 50 million yevroni to’lashga rozi bo’ldi.

Ispan jamoasi oxir-oqibat myunxenliklar qo’ygan shartlarga rozi bo’ldi. «Barselona» ushbu transferni muammolarsiz hal qilish bo’yicha moliyaviy reja ishlab chiqdi. Kataloniyaliklar Robertni ushbu transfer oynasida olib kelish istagida.

Futbolchiga «Chelsi» va «PSJ» klublari ham qiziqish bildirmoqda. 33 yoshli hujumchining o’zi Myunxen klubini tark etayotganini ma’lum qilgandi.

Levandovski 2021/22 yilgi mavsum «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 45 ta o’yinda ishtirok etib, 48 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.