«PSJ» hujumchisi Neymar faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Calciomercato.
Fransiya klubining yangi sport direktori Luis Kampos Turin klubi vakillari bilan bog’lanib, 30 yoshli braziliyalikni ijaraga olishni taklif qildi. Parijliklar futbolchiga maoshning bir qismini to’lashga tayyor.
Neymar 2017 yildan beri «PSJ»da to’p tepadi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yil iyunigacha tuzilgan.
Umumiy hisobda Neymar parijliklar safida 144 ta o’yinda maydonga tushib, 100 ta gol urgan va 60 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izohlarni ko`rish