«Barselona» himoyachisi Jerar Pike va kolumbiyalik qo’shiqchi Shakira ajralishdi, deb xabar beradi El Periodico.
Manbaning yozishicha, ajralishga futbolchining xiyonati sabab bo’lgan. Qayd etilishicha, Pike bir necha haftadan beri eski kvartirasida yolg’iz yashab kelgan. Himoyachi muntazam ravishda jamoadoshi yarim himoyachi Riki Puch bilan tungi klublarga boradi, u yerda Pikeni ayollar davrasida ko’rishgan.
Pike va Shakira 2011-yildan beri munosabatlarda bo’lib, ular rasman nikohdan o’tmagan. Juftlikning ikki farzandi bor.
2021/2022 yilgi mavsumda ispaniyalik himoyachi “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida 39 ta o’yinda maydonga tushdi va bu o’yinlarda raqiblar darvozasiga 3 bor to’p kiritdi..
Izohlarni ko`rish